| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi942 marta oʻqildi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Toshkentga keldi

Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 15 yanvar kuni mamlakatimizga keldi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Toshkentga keldi

Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 15 yanvar kuni mamlakatimizga keldi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov, Rossiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev va boshqa shaxslar kutib oldi. Tashrif dasturidan Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligida muzokara oʻtkazish va Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining Toshkent shahridagi filialiga borish koʻzda tutilgan. Muzokaralar davomida ikki tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikning qator masalalari muhokama qilinadi. Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2020-2021 yillarga moʻljallangan Hamkorlik dasturini imzolash rejalashtirilgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ