| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi

Shavkat Mirziyoyev Otaturk qabriga gulchambar qoʻydi (foto)

Turkiyada boʻlib turgan Oʻzbekiston Prezident Mustafo Kamol Otaturk xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Shavkat Mirziyoyev Otaturk qabriga gulchambar qoʻydi (foto)

Prezident Shavkat Mirziyoyev Anqara shahridagi Anitkabir yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Mustafo Kamol Otaturk qabriga gulchambar qoʻydi.

Mustafo Kamol turk xalqining atoqli farzandi, buyuk davlat arbobidir. U Birinchi jahon urushidan keyin parchalanib, okkupatsiyada qolgan mamlakatni ozod etgan. 1923 yilda mustaqillik eʼlon qilib, hozirgi Turkiya Respublikasiga asos solgan hamda uning birinchi Prezidenti boʻlgan.

Mamlakatning bugungi taraqqiyotini belgilab bergan siyosiy, ijtimoiy va madaniy islohotlarni amalga oshirgan. 1934 yilda parlament qonuni bilan unga Otaturk nomi berilgan. U dafn etilgan Anitkabir majmuasi xalq uchun juda qadrli maskanga aylangan.

Shavkat Mirziyoyev muzey bilan ham tanishdi, majmuaning faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozdi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ