| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi

Shavkat Mirziyoyev Anqaraga yetib bordi

Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyip Erdogʻanning taklifiga binoan Turkiyaga bordi.

Shavkat Mirziyoyev Anqaraga yetib bordi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning taklifiga binoan 19 fevral kuni tashrif bilan Turkiyaga keldi.

"Esonbugʻa" xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Turkiya hukumati aʼzolari, Anqara muzofoti va shahri rahbariyati, boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Bugun Prezidentlar raisligida Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi. Muzokaralarda koʻp qirrali Oʻzbekiston-Turkiya munosabatlari, avvalo siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, transport-kommunikatsiya, taʼlim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ