Kapital
389 ta material

Markaziy bank: Aholining goʻsht mahsulotlari uchun oʻrtacha oylik xarajatlari sezilarli darajada qisqargan
Markaziy bank aholi turmush darajasi va inflyasiya boʻyicha maʼlumot berdi. Unga koʻra, oylik daromadi 2 mln. soʻmgacha boʻlgan aholining oylik oʻrtacha goʻsht mahsulotlari xaridi I chorakka nisbatan 39,5 foizga kamayib, 164 ming soʻmni tashkil etgan.

15 martdan keyin kredit olganlarga kredit taʼtili berilmaydimi?
Markaziy bank: kreditlarni qaysi davrgacha olganlik bilan bogʻliq hech qanday cheklovlar oʻrnatilmagan. Qoʻshimcha maʼlumotlar olish uchun bevosita tijorat banklarining ishonch telefoniga yoki elektron manziliga murojaat qilish mumkin.

Oʻzbekiston yana bir uyali aloqa operatoriga ega boʻldi
Humans kompaniyasi Oʻzbekistondagi beshinchi uyali aloqa operatoriga aylandi. 19 avgustdan 15 sentyabrga qadar kompaniya SIM-karta va bank kartalariga oldindan buyurtma olishni boshlaydi.

Oʻzbekistonga kelib tushgan transchegaraviy pul oʻtkazmalari 217 mln. dollarga kamaydi
Markaziy bank matbuot xizmati Oʻzbekistonga kelib tushgan transchegaraviy pul oʻtkazmalari hajmi, chet elga yuborilgan transchegaraviy pul oʻtkazmalari miqdori toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

COVID-19 pandemiyasi sharoitida davlatning puxta oʻylangan rivojlanish strategiyasi juda muhimdir – ekspert
Strategiyaning mohiyatini chuqur anglamaslik nimalarga olib kelishi mumkinligi haqida iqtisod fanlari doktori, professor, Rossiya Fanlar akademiyasining xorijiy aʼzosi, Moskva Iqtisodiyot maktabi, M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining iqtisodiy va moliyaviy strategiya kafedrasi mudiri, strategiya nazariyasi va metodologiyasi boʻyicha ilmiy ishlari uchun M.V. Lomonosov nomidagi I darajali mukofoti sovrindori Vladimir Lvovich Kvint gapirib berdi.

Mehnat migrantlariga yoʻl haqi, patent va sugʻurta xarajatlari uchun past stavkali kreditlar ajratiladi
Xorijda ishlab, malaka orttirib qaytgan fuqarolarga tadbirkorlikni boshlash uchun kredit resurslari ajratiladi hamda bank kreditlari taʼminoti boʻyicha sugʻurta polisi xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ishtirokida boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida aytib oʻtildi.

Karantin vaqtida kechiktirilgan kredit toʻlovlarining toʻlash tartibi qanday?
Pandemiya davrida jismoniy shaxslar uchun ham kreditlar 1 oktyabrga qadar uzaytirilgan edi. Lekin bankdan hozirgi oydagi kredit toʻloviga qoʻshib, oʻtgan oylar uchun ham toʻlovni qoʻshib toʻlash soʻralmoqda. Bu qanchalik toʻgʻri, degan savolga Markaziy bank matbuot xizmati javob berdi.

Dollar kursi 15 soʻmga koʻtarildi
Markaziy bank 18 avgustdan xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Joriy haftada dollar, yevro, rubl va tenge koʻtarildi.

Buxoroda suv taʼminotini yaxshilashga OIIB tomonidan mablagʻ ajratiladi
Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki tomonidan 385, 12 mln AQSh dollari miqdorida qarz suv taʼminotini yaxshilash va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish uchun beriladi.

Eksport yuklarini va ularni tashishlarni sugʻurta qilish tartibi belgilandi
Sugʻurta qildiruvchi kim ekanligidan (eksport qiluvchi yoki moliyalovchi) kelib chiqib sugʻurta shartnomasining bir necha turi farqlanadi.

Kimyo va biologiya boʻyicha milliy sertifikatga ega oʻquvchilar OTMga kirishda testdan ozod boʻladi
Ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilingan kimyo va biologiya fanlari oʻqituvchilari hamda rahbar kadrlarining bazaviy tarif stavkasiga nisbatan amalda belgilangan ustama haqi miqdori 2021 yil 1 yanvardan boshlab 50 foizgacha oshiriladi.

Markaziy bank: Pokiston Milliy bankining vakolatxonasiga berilgan akkreditatsiya sertifikati bekor qilindi
Pokiston Milliy bankining Toshkent shahridagi vakolatxonasi oʻz faoliyatini 1995 yil 29 noyabrdan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan akkreditatsiya sertifikatiga asosan yuritib kelayotgan edi.

Jahon banki 30 yil muddatga shartlar asosida 500 mln dollar mablagʻ ajratadi
Prezident qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish loyihasi toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi. Qaror bilan Jahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihaning ustuvor yoʻnalishlari, mablagʻdan foydalanish sxemasi va tartiblari belgilab berilgan.

Markaziy bank valyuta kurslarini eʼlon qildi
Markaziy bank 10 avgustdan xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Joriy haftada dollar, yevro koʻtarildi.

Soʻx tumani aholisiga yangi uy-joy qurishlari uchun ipoteka kreditlari ajratiladi
Prezident qarori bilan Soʻx tumani aholisi uchun Fargʻona viloyatining Yozyovon, Qoʻshtepa, Bagʻdod, Rishton va Buvayda tumanlari hududida dehqonchilik qilish uchun ekin yer maydoni va ipoteka kreditlari asosida kvartiralar ajratiladi.

Prezident huzurida Jahon banki kredit mablagʻlari asosida amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama qilindi
Shavkat Mirziyoyev raisligida 6 avgust kuni boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida Jahon banki tomonidan ajratilgan 500 million dollar kredit mablagʻlarini oʻzlashtirish boʻyicha shakllantirilgan loyihalar muhokama qilindi. Kredit mablagʻining 65 million dollari evaziga zamonaviy agrologistika markazlari va komplekslarini tashkil qilish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Oʻtkazilgan maxsus tadqiqot pandemiya oqibatlari qay darajada bartaraf etilayotganligini koʻrsatmoqda
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan Jahon banki bilan hamkorlikda «Oʻzbekiston fuqarolarini tinglab» loyihasi tashkil etildi va u oʻz tadqiqot natijalarini eʼlon qildi. Mazkur tadqiqotda ikkala tashkilot birgalikda aholi turli qatlamlariga mansub 1500 oilada maxsus soʻrovnoma oʻtkazildi.

Markaziy bank: Banklarning muammoli kreditlari ulushi 2,9 foizgacha oʻsdi
Oʻzbekiston bank tizimidagi muammoli kreditlar ulushi yil boshidan buyon 1,4 foizga oʻsib, 2,9 foizga (7 trln soʻm) yetdi. Aksariyat banklarda kredit portfelining sifati yomonlashgan.

Ipoteka kreditlarini subsidiyalash uchun 7 milliard soʻmdan ziyod boshlangʻich badal toʻlab berildi
Oʻzbekistonda daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan oilalarga ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga subsidiyalar toʻlanishi belgilangan.

Buxorodagi issiqxona egalariga imtiyozli kreditlar ajratiladi
Ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlari toʻliq Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi (Jamgʻarma) tomonidan qoplanadi.

Oʻzbekiston va Rossiya Markaziy banklari kompyuter hujumlariga qarshi kurashish boʻyicha oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻydi
Ikki mamlakat Markaziy banklari kompyuter hujumlarining oldini olish va aniqlash, ularni bartaraf etish uchun shart-sharoitlar yaratishda hamkorlik qiladi.

11 ta bank kredit taʼtillarini 1 oktyabrgacha uzaytirdi
Oʻzbekistonda 11 ta bank kredit taʼtillarini 1 oktyabrga qadar uzaytirgan boʻlsa, qolgan banklar iyul-avgust oyidan boshlab kredit taʼtillari muddatini tugatgan. Quyida kredit taʼtillari muddatini uzaytirgan banklar roʻyxati keltirilgan.

Markaziy bank: Toʻlov tizimlari operatorlarining axborot xavfsizligini taʼminlash talablari belgilandi
Markaziy bankining “Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilarining toʻlov tizimlarida axborot xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisida”gi Nizomi tasdiqlandi.

Markaziy bank: Ikkilamchi bozordan uy sotib olish yoki uy-joyni taʼmirlash uchun ipoteka krediti beriladi
Markaziy bank Osiyo taraqqiyot banki mutaxassislari bilan hamkorlikda Nizom ishlab chiqdi. Nizomda Ipoteka kreditini rasmiylashtirishning barcha bosqichlari, yaʼni bank tomonidan mijozga kerakli maslahatlar berishdan tortib, kreditning yopilishigacha boʻlgan jarayon batafsil aks ettirilgan.

Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish sohasi uchun magistraturada oʻqish muddatini 1 yil etib belgilandi
“Agrar taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Qaror bilan agrar sohadagi OTMda kredit-modul tizimi joriy etiladi hamda Toshkent davlat agrar universitetida bakalavriat yoʻnalishlarining sirtqi taʼlim shakli boʻyicha masofaviy taʼlim olish tizimini bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyiladi.
