| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi507 marta oʻqildi

11 ta bank kredit taʼtillarini 1 oktyabrgacha uzaytirdi

Oʻzbekistonda 11 ta bank kredit taʼtillarini 1 oktyabrga qadar uzaytirgan boʻlsa, qolgan banklar iyul-avgust oyidan boshlab kredit taʼtillari muddatini tugatgan. Quyida kredit taʼtillari muddatini uzaytirgan banklar roʻyxati keltirilgan.

11 ta bank kredit taʼtillarini 1 oktyabrgacha uzaytirdi

Xabaringiz bor, mart oyida respublikada karantin rejimini joriy qilinishi ortidan Prezident farmoni hamda Markaziy bank koʻrsatmalari asosida banklar oʻz mijozlariga kredit kanikullarini taqdim etilishi yoʻlga qoʻyildi.

Shuningdek, aksar banklar tomonidan jismoniy shaxslarga kredit kanikullari avtomatik tarzda (hech qanday arizalarsiz, bir tomonlama) taqdim etila boshlandi.

Telegramdagi Bank va Mijoz kanalining xabar berishicha, bugungi kunda 11 ta bank kredit taʼtillarini 1 oktyabrgacha taqdim qilinishini maʼlum qilishgan.

Bular:

1. Turonbank – batafsil;
2. Davr bank – batafsil;
3. Oriyent Finans bank – batafsil;
4. Aloqabank – batafsil;
5. Qishloq qurilish bank – batafsil;
6. Asaka bank – batafsil;
7. Aziya Alyans bank – batafsil;
8. Infinbank – batafsil;
9. Tengebank – batafsil;
10. Ravnaqbank – batafsil;
11. Trastbank – batafsil.

Qolgan banklarning ayrimlarida oʻtgan oylarda bir tomonlama taqdim etilgan kredit taʼtillari muddati oʻz yakuniga yetgan boʻlsa, ayrimlarida bu oydan boshlab tugaydi.

Agar ushbu banklarda tegishli Boshqaruv qarorlari qabul qilinmagan boʻlsa, avtomatik ravishda muddati oʻtgan kreditlar va ularning foizlari boʻyicha penya hisoblanishi boshlanadi.

"Karantin tufayli Siz kredit toʻlovlarini toʻlay olmayotgan boʻlsangiz yuqoridagi postda yozilganidek harakat qilishingiz lozim boʻladi, aks holda jarima va penya toʻlashingizga ham toʻgʻri kelib qolishi mumkin", deyiladi xabarda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ