| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi93 marta oʻqildi

15 martdan keyin kredit olganlarga kredit taʼtili berilmaydimi?

Markaziy bank: kreditlarni qaysi davrgacha olganlik bilan bogʻliq hech qanday cheklovlar oʻrnatilmagan. Qoʻshimcha maʼlumotlar olish uchun bevosita tijorat banklarining ishonch telefoniga yoki elektron manziliga murojaat qilish mumkin.

15 martdan keyin kredit olganlarga kredit taʼtili berilmaydimi?

«Kredit taʼtili olish uchun bankka ariza berganman, lekin hali-hamon ijobiy natija yoʻq. Kreditning oʻzini ham, foizini ham toʻlab kelyapman. Bank xodimlaridan soʻrasam, kreditingizni joriy yil 15 martdan oldin olgan boʻlsangiz, imtiyozdan foydalana olasiz, keyinroq olganlarga imtiyoz berilmaydi, kreditni toʻliq toʻlashadi, deb aytishdi. Shunga aniqlik kiritib oʻtsangiz», degan savolga Markaziy bank matbuot xizmati quyidagicha javob berdi:

Markaziy bank tijorat banklariga karantin cheklovlari daromadlariga salbiy taʼsir etgan mijozlarning kredit toʻlovlari muddatini ularning murojaatiga koʻra uzaytirishni tavsiya etdi.

Bunda kreditlarni qaysi davrgacha olganlik bilan bogʻliq hech qanday cheklovlar oʻrnatilmagan.

Kredit taʼtillari boʻyicha bilishingiz lozim boʻlgan qoidalar

Biroq kredit boʻyicha toʻlov muddatlari kechiktirilgan davrda ham kreditdan foydalanganlik uchun foizlar hisoblanishi davom etadi va ushbu foizlar kechiktirilgan muddat tugaganidan soʻng toʻlanishi lozim.

Shu sababli, kelgusida qarz miqdori oshib ketishining oldini olish maqsadida joriy davr uchun kredit boʻyicha toʻlovni amalga oshirishga moliyaviy imkoniyati boʻlgan qarzdorlarga oʻz kreditini shartnomada belgilangan muddatlarda soʻndirishi maqsadga muvofiqligini bildiramiz.

Qoʻshimcha maʼlumotlar olish uchun bevosita tijorat banklarining ishonch telefoniga yoki elektron manziliga murojaat qilish mumkin.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ