Oʻzbekistonga kelib tushgan transchegaraviy pul oʻtkazmalari 217 mln. dollarga kamaydi
Markaziy bank matbuot xizmati Oʻzbekistonga kelib tushgan transchegaraviy pul oʻtkazmalari hajmi, chet elga yuborilgan transchegaraviy pul oʻtkazmalari miqdori toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Respublikamizga kelib tushgan transchegaraviy pul oʻtkazmalari hajmi 3 mlrd. dollarni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 217 mln. dollarga yoki 7 foizga kamaydi, deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.
Chet elga yuborilgan transchegaraviy pul oʻtkazmalari miqdori 516 mln. dollarga yetib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 47 mln. doll. yoki 8 foizga kamaydi.

Natijada transchegaraviy pul oʻtkazmalari boʻyicha ijobiy saldo 2,5 mlrd. dollarga yetib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 170 mln. dollarga (yoki 6 foizga) kamaydi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

