| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi

Markaziy bank: Toʻlov tizimlari operatorlarining axborot xavfsizligini taʼminlash talablari belgilandi

Markaziy bankining “Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilarining toʻlov tizimlarida axborot xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisida”gi Nizomi tasdiqlandi.

Markaziy bank: Toʻlov tizimlari operatorlarining axborot xavfsizligini taʼminlash talablari belgilandi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilarining toʻlov tizimlarida axborot xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisida”gi Nizomi tasdiqlandi (2020 yil 30 iyunda №3268 raqami bilan roʻyxatga olingan), deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.

Nizom toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilarining toʻlov tizimlarida axborot xavfsizligini taʼminlashga doir minimal talablarni belgilaydi.

Oʻz navbatida, ushbu hujjat qator maqsadlarni koʻzda tutadi. Xususan,

  • toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilarning axborot tizimlari va axborot resurslarining axborot xavfsizligini taʼminlash uchun zarur boʻlgan vazifalarini belgilash;

  • toʻlov tizimlarida toʻlovlarning kiritilishi, uzatilishi, qayta ishlanishi, saqlanishida axborot xavfsizligi taʼminlanishi uchun toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilarining amalga oshirilishi lozim boʻlgan talablarni yoritish;

  • toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilarning toʻlov maʼlumotlarini ruxsatsiz oʻzgartirilishi, chetga chiqishi va boshqa salbiy taʼsirlarning oldi olish;

  • masofadan toʻlov xizmatlarini koʻrsatishda xavfsizlik va axborot muhofazasini taʼminlashdan iborat.

Nizom toʻlov tizimlarining xususiyatidan kelib chiqib, ular uchun axborot xavfsizligi tomonidan ichki tartib-qoidalarning ishlab chiqilishiga xizmat qiladi.

Ayniqsa, mazkur hujjat toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilarining toʻlov tizimlarida axborot muhofazasi lozim darajada taʼminlanishida muhim ahamiyatga ega. Nizom 2020 yil 30 iyundan kuchga kirdi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ