| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi2 318 marta oʻqildi

Karantin vaqtida kechiktirilgan kredit toʻlovlarining toʻlash tartibi qanday?

Pandemiya davrida jismoniy shaxslar uchun ham kreditlar 1 oktyabrga qadar uzaytirilgan edi. Lekin bankdan hozirgi oydagi kredit toʻloviga qoʻshib, oʻtgan oylar uchun ham toʻlovni qoʻshib toʻlash soʻralmoqda. Bu qanchalik toʻgʻri, degan savolga Markaziy bank matbuot xizmati javob berdi.

Karantin vaqtida kechiktirilgan kredit toʻlovlarining toʻlash tartibi qanday?

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 3 apreldagi PF-5978-sonli Farmoni asosida moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan yuridik va jismoniy shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlarning kreditlari boʻyicha toʻlovlar 2020 yil 1 oktyabrga qadar kechiktirilishi hamda yakuniy toʻlovlar muddatlarining berilgan imtiyozli davrga mos ravishda uzaytirilishi belgilangan.

Shuningdek, qarzdorlar pul oqimlari foiz toʻlovlarini qoplash uchun yetmagan taqdirda, foiz toʻlovlarini ham kechiktirish boʻyicha Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga tavsiyalar berildi.

Biroq bu kechiktirish davridan (yaʼni 2020 yil 1 oktyabrdan) keyin yigʻilgan toʻlovlar bir martada toʻlanishi kerakligini anglatmaydi. Yaʼni, karantin vaqtida kechiktirilgan kredit toʻlovlari yakuniy toʻlovlar muddatlarining uzaytirilganligini hisobga olgan holda, toʻlov jadvalining qolgan davriga teng ravishda taqsimlanadi.

Bundan tashqari, qatʼiy karantin cheklovlarining dastlabki (aprel-may) oylarida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish, ijtimoiy masofalanishni taʼminlash maqsadida qarzdor-jismoniy shaxslardan arizalarni qabul qilib olishga hamda ular bankka tashrif buyurishiga imkoniyat boʻlmagani sababli aksariyat banklar, yaʼni 24 ta tijorat banki oʻz tashabbusiga koʻra jismoniy shaxslarning kreditlari boʻyicha toʻlovlarni 2-3 oyga avtomatik tarzda kechiktirishi haqida maʼlum qilgan edi.

Bunda baʼzi banklar tomonidan avtomatik tarzda kechiktirilgan kredit toʻlovlarini qolgan davrlarga teng taqsimlagan boʻlsa, ayrim banklar yakuniy toʻlov davridan keyingi oylarga taqsimlagan.

Shu bilan birga, ushbu berilgan 2-3 oylik davr yakunlanganidan soʻng qarzdor-jismoniy shaxsning moliyaviy holati va pul oqimlari tiklanmagan taqdirda, tijorat banklari kreditlar boʻyicha toʻlovlarni yana qoʻshimcha davrga (yaʼni 2020 yil 1 oktyabrga qadar) kechiktirish masalasini koʻrib chiqishi mumkin.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ