Kapital
389 ta material

Markaziy bank: Gruziyaning “TBC Bank” aksiyadorlik tijorat bankiga litsenziya berildi
“TBC Bank” aksiyadorlik tijorat bankiga bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berildi.

Kelajak iqtisodiyotiga qanday moslashish mumkin?
Salkam 11 yil muqaddam xalqaro hamjamiyat ilk bor innovatsiyalar va iqtisodiy oʻsish uchun asosiy toʻsiqlardan biri kvalifikatsion oʻra (chuqurlik) haqida soʻz ochdi. Texnologiyalarning rivojlanish suʼratlari va iqtisodiy oʻzgarishlar olimlar, davlat rahbarlari va dunyoning oldi tadbirkorlarini zamonaviy iqtisodiyot uchun qanday inson kapitali zarurligi toʻgʻrisida munozara boshlashga undadi.

Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish – oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning eng asosiy omili
Koronavirus pandemiyasining jahon iqtisodiyotiga salbiy taʼsiri turli muammolarni keltirib chiqarmoqda. Jahon banki, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va boshqa xalqaro tashkilotlar mutaxassislar hisobotlarida 2020 yil davomida koʻplab rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida sekinlashuv roʻy berishi prognoz qilinyapti.

Dollar sotib olishda cheklov bormi?
Jismoniy shaxslarga tijorat banklari tomonidan chet el valyutasini sotish va sotib olish boʻyicha hech qanday cheklovlar oʻrnatilmaydi.

Markaziy bank: Karantin davrida narxlarning qimmatlashishiga olib keluvchi jiddiy asoslar mavjud emas
Koronavirus pandemiyasi aholi turmushining ogʻirlashishiga, narxlarning qimmatlashishiga olib kelmaydimi? Umuman, Oʻzbekistonda bu epidemiyadan keyingi iqtisodiy holat, pul-kredit siyosatidagi oʻzgarishlar qanday prognoz qilinmoqda?

Ish haqi, pensiyalar, stipendiya va nafaqalar oʻz vaqtida toʻlanadi
“Koronavirus pandemiyasi davrida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti barqarorligini taʼminlash va birinchi navbatdagi tadbirlarni oʻz vaqtida moliyalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi ilk marta 10 000 soʻmdan oshdi
Markaziy bank 16 apreldan xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Unga koʻra 1 AQSh dollari 427,64 soʻmga qimmatlagan.

Markaziy bankning asosiy stavkasi 1 foiz bandga pasaytirildi
Markaziy bankning asosiy stavkasi 1 foiz bandga pasaytirilib, yillik 15 foiz darajasida belgilandi.

Oʻzbekiston banklarida dollarning sotish va sotish olish narxi qancha?
Bugun, 14 aperl kuni holatiga koʻra, 1 AQSH dollarini hamma banklar bir xil narxda sotish uchun taklif qilmoqda. Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 1 AQSH dollari 103,26 soʻmga koʻtarilib, 9 693,36 soʻmni tashkil qilmoqda.

Inqirozdan keyin Oʻzbekistonning xalqaro mehnat taqsimotidagi oʻrni qaysi tomonga oʻzgaradi?
Jahon Banki va boshqa xalqaro tashkilotlar ekspertlari butun dunyo, shu jumladan, Oʻzbekiston iqtisodiyoti oʻsish surʼatlari kamayishini taʼkidlayotgan boʻlsa ham, mamlakatda rejalashtirilayotgan taraqqiyot koʻrsatkichlariga erishish va hatto xalqaro mehnat taqsimotidagi oʻrnini mustahkamlab olish uchun imkoniyatlar mavjud ekanligini aytish mumkin. Buning uchun inqiroz davri va inqirozdan keyingi chora-tadbirlarni puxta oʻylangan iqtisodiy-siyosiy qarorlar asosida olib borish taqazo etiladi.

Naqd pul muomalasini qisqartirish choralari belgilanmoqda
Barcha turdagi korxona va tashkilotlar, shu jumladan byudjet tashkilotlari xodimlarining oylik ish haqlari va pensiya toʻlovlari bank kartalari orqali toʻlanadi. Shuningdek, barcha mahalla fuqarolar yigʻinlari binolari oldida bankomatlarni joylashtiriladi.

Markaziy bank AQSh dollari kursining keskin oshishi borasida axborot berdi
Markaziy bank soʻnggi kunlardagi AQSh dollari kursining keskin oshishi borasida oʻz axborotni eʼlon qildi. Markaziy bank soʻm almashuv kursining qadrsizlanishi ehtimolini past darajada baholamoqda.

Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi keskin koʻtarildi
Markaziy bank 14 apreldan xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Banklar bergan kredit taʼtili avtokreditlar uchun ham amal qiladimi?
Karantin rejimiga toʻliq rioya qilish maqsadida mavjud 2,4 mln. qarzdor-jismoniy shaxslardan arizalarni qabul qilib olishga hamda ular bankka tashrif buyurishiga jismonan imkoniyat boʻlmagani sababli jismoniy shaxslarning kreditlari boʻyicha toʻlovlar 2-3 oyga avtomatik tarzda kechiktirilib berildi.

Fitch Ratings Oʻzbekistonning suveren kredit reytingini “VV-” darajasida saqlab qoldi
“Fitch Ratings” prognoz qilishicha, Oʻzbekiston iqtisodiyoti 2020 yilda 2% oʻsadi. Kelgusi yilda bu surʼat 6,8 foizga yetadi.

Banklar omonat foizini saqlangan holda uzaytirish amaliyotini yoʻlga qoʻydi
Mamlakatda eʼlon qilingan karantin tufayli barcha banklar kredit toʻlovlari muddatini 2-3 oyga uzaytirgan edi. Bugunga kelib, omonatchilarga qulaylik yaratish maqsadida, bir nechta bank tomonidan omonat foizlari saqlangan holda uzaytirish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi.

Korxonalarga ish haqi toʻlash uchun kreditlar ajratiladi
9 aprel kuni Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan oʻtkazilgan yigʻilishda Banklar faoliyatining barqarorligini taʼminlash masalalari koʻrib chiqildi.

YeTTB koronavirus pandemiyasining iqtisodiy oqibatlarini pasaytirish borasida Oʻzbekistonga moliyaviy koʻmak koʻrsatadi
YeTTB tomonidan shakllantirilgan Birdamlik paketi (Paketning umumiy qiymati 1 milliard AQSh dollari miqdorida) hisobidan Oʻzbekistonning 4 ta tijorat banklariga umumiy qiymati 220 million AQSh dollariga teng kredit va savdoni moliyalashtirish liniyalari taqdim etilishi maʼlum qilindi.

Markaziy bank: Kredit boʻyicha toʻlov muddatlari kechiktirilgan davrda ham kreditdan foydalanganlik uchun foizlar hisoblanishi davom etadi
Markaziy bank kredit boʻyicha toʻlov muddatlari kechiktirilgan davrda ham kreditdan foydalanganlik uchun foizlar hisoblanishi davom etishi va ushbu foizlar kechiktirilgan muddat tugaganidan soʻng toʻlanilishi lozimligini maʼlum qildi.

Kredit taʼtillari boʻyicha bilishingiz lozim boʻlgan qoidalar
Karantin tugaganidan soʻng qiynalib qolmasligingiz uchun, kredit taʼtillari boʻyicha ayrim qoidalarni bilib olishingiz lozim. Qaysidir bank kredit uchun berilgan imtiyozli davr evaziga kredit muddatini choʻzmasdan, imtiyozli davrda toʻlanishi lozim boʻlgan summani qolgan davrlar uchun teng boʻlib yubormoqda. Qaysidir bank esa maʼlum bir muddatga boʻlib yuborgan, baʼzilar kredit umumiy muddatini choʻzishgan.

Kredit "taʼtili" eʼlon qilgan banklar soni yanada ortdi
Oʻzbekistondagi 24 ta bank tomonidan jismoniy shaxslarga ajratilgan barcha kreditlar boʻyicha toʻlov jadvaliga asosan 2-3 oy muddat keyinga koʻchirilmoqda.

Kredit "taʼtili" eʼlon qilgan banklar soni 22 taga yetdi
Oʻzbekistondagi 22 ta bank tomonidan jismoniy shaxslarga ajratilgan barcha kreditlar boʻyicha toʻlov jadvaliga asosan 2-3 oy muddat keyinga koʻchirilmoqda.

Jahon banki Oʻzbekistonning krizisga qarshi dasturini qoʻllab-quvvatlash uchun 14 milliard dollar kredit ajratadi
Jahon banki Oʻzbekistonning krizisga qarshi dasturini qoʻllab-quvvatlash uchun oldingi ajratilgan 700 mln dollar kredit liniyasiga qoʻshimcha ravishda 14 milliard dollar ajratishga tayyor.

Jismoniy shaxslarning kredit qarzdorligi boʻyicha "taʼtil" beradigan banklar soni koʻpaydi
Oʻzbekistondagi 21 ta bank tomonidan jismoniy shaxslarga ajratilgan barcha kreditlar boʻyicha toʻlov jadvaliga asosan 2-3 oy muddat keyinga koʻchirilmoqda.

Koronavirus inqiroziga qarshi kurashishda pul-kredit siyosati va moliyaviy tartibga solish choralari
Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (XVJ) pandemiyani urushga qiyoslamoqda va uning “urush” davri kamida bir chorakdan ikki chorakgacha davom etishini prognoz qilmoqda. Ushbu maqolada Oʻzbekiston, Rossiya, Qozogʻiston va Yevropa mamlakatlarida koronavirus inqiroziga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasida pul-kredit siyosati va moliyaviy tartibga solish choralari haqida fikr yuritiladi.
