| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi1 487 marta oʻqildi

Kredit "taʼtili" eʼlon qilgan banklar soni 22 taga yetdi

Oʻzbekistondagi 22 ta bank tomonidan jismoniy shaxslarga ajratilgan barcha kreditlar boʻyicha toʻlov jadvaliga asosan 2-3 oy muddat keyinga koʻchirilmoqda.

Kredit "taʼtili" eʼlon qilgan banklar soni 22 taga yetdi

Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida Oʻzbekistondagi 21 ta bank tomonidan jismoniy shaxslarga ajratilgan barcha kreditlar boʻyicha toʻlov jadvaliga asosan 2-3 oy muddat keyinga koʻchirilmoqda.

Foiz toʻlovlari vaqtida amalga oshirilmaganligi uchun belgilangan barcha penya toʻlovlari va jarima bekor qilindi. Foiz toʻlovlari karantin davri tugaganidan soʻng amalga oshirishilishi mumkin.

Kredit toʻlovlarini qaytarishga qiynalgan qarzdorlarga "taʼtil" beriladi

Karantin muddati uzaytirilgan taqdirda, koʻrsatilgan muddat tugaganidan keyin, mijoz kechiktirilgan toʻlovni uzaytirish uchun bank bilan bogʻlanish huquqiga ega.

1 aprel holatiga koʻra, aholining 100 mln. soʻmdan kam boʻlgan barcha kredit (overdraft, onlayn mikroqarz, sud jarayonidagi kreditlar bundan mustasno) toʻlovlari boʻyicha taʼtil eʼlon qilgan banklar roʻyxati:

  1. Oʻzsanoatqurilishbank;

  2. Asakabank;

  3. Turonbank;

  4. Aloqabank;

  5. Hamkorbank;

  6. Milliybank;

  7. Agrobank;

  8. Mikrokreditbank;

  9. ZiraatBank;

  10. Xalq banki;

  11. InfinBank;

  12. Ipotekabank;

  13. Poytaxtbank;

  14. AsiaAllianceBank;

  15. Ipak yoʻli banki;

  16. OʻzAgroEsportbank;

  17. HiTechBank;

  18. Kapitalbank;

  19. Orient Finans Bank;

  20. Qishloq qurilish bank;

  21. Savdogarbank;

  22. Ravnaq bank.

Ushbu banklar jismoniy shaxslar uchun kredit shartnomasiga bir tomonlama oʻzgartirish kiritishmoqda va kreditlar boʻyicha 2-3 oylik imtiyozli davr berishmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ