Markaziy bank: Kredit boʻyicha toʻlov muddatlari kechiktirilgan davrda ham kreditdan foydalanganlik uchun foizlar hisoblanishi davom etadi
Markaziy bank kredit boʻyicha toʻlov muddatlari kechiktirilgan davrda ham kreditdan foydalanganlik uchun foizlar hisoblanishi davom etishi va ushbu foizlar kechiktirilgan muddat tugaganidan soʻng toʻlanilishi lozimligini maʼlum qildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subʼyektlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Farmoniga muvofiq, Markaziy bank tomonidan moliyaviy

Kredit taʼtillari boʻyicha bilishingiz lozim boʻlgan qoidalar
qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlik subʼyektlari va jismoniy shaxslarga banklar tomonidan ajratilgan kreditlar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish muddatini 2020 yilning 1 oktyabriga qadar kechiktirish, shuningdek, joriy etilgan karantin rejimi faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatgan qarzdorlarning muddati oʻtgan kreditlariga jarima sanksiyalarini qoʻllash va undiruvni garov taʼminotiga qaratmaslik boʻyicha shart-sharoitlar yaratish va mavjud tartib-taomillarni soddalashtirish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, nazorat talablari yengillashtirilganligi bilan bogʻliq chora-tadbirlar tijorat banklariga yetkazildi.
Biroq shunga qaramay, koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish davrida tijorat banklarida moliyaviy qiynchiliklarga duch kelgan qarzdorlarni qoʻllab-quvvatlash haqidagi qarorlar joylardagi filiallarga yetkazilmaganligi hamda ushbu qarorlar yuzasidan aholi oʻrtasida keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borilmayotganligi, ayrim banklarda bunday qarzdorlarni qoʻllab-quvvatlash masalasi koʻrib chiqilmayotganligi kuzatilmoqda. Bundan tashqari, mijozlar bilan aloqa kanallari (veb-sayt, ishonch telefoni, telegram-bot) uzluksiz ishlashi taʼminlanmagan.
Jismoniy shaxslarning kredit qarzdorligi boʻyicha "taʼtil" beradigan banklar soni koʻpaydi
Shu munosabat bilan, Markaziy bank tijorat banklari rahbarlarini karantin davrida markaziy telekanallarda, shu jumladan, “Koronavirus info”da doimiy brifinglar oʻtkazish, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va blogerlar orqali bank bilan bogʻlanish boʻyicha aloqa kanallari (veb-sayt, ishonch telefoni, telegram-bot) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni keng targʻib qilgan holda, mijozlar bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirish tartibi (shu jumladan, koʻp beriladigan savollarga batafsil javob berish) yuzasidan muntazam ravishda tushuntirish ishlarini olib borishga chaqiradi.
Shu oʻrinda, kredit tashkilotlarining qarz oluvchilariga ham murojaat qilamiz:
Kredit boʻyicha toʻlov muddatlari kechiktirilgan davrda ham kreditdan foydalanganlik uchun foizlar hisoblanishi davom etadi va ushbu foizlar kechiktirilgan muddat tugaganidan soʻng toʻlanilishi lozim.
Kelgusida qarz oluvchilarda qarz summasi oshib ketishining oldini olish maqsadida Markaziy bank joriy davr uchun kredit boʻyicha toʻlovni amalga oshirishga moliyaviy imkoniyati boʻlgan qarzdorlarga oʻz kreditlarini kredit shartnomalarida belgilangan muddatlarda soʻndirishni davom ettirishni tavsiya etadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

