Fitch Ratings Oʻzbekistonning suveren kredit reytingini “VV-” darajasida saqlab qoldi
“Fitch Ratings” prognoz qilishicha, Oʻzbekiston iqtisodiyoti 2020 yilda 2% oʻsadi. Kelgusi yilda bu surʼat 6,8 foizga yetadi.

Fitch Ratings Oʻzbekistonning suveren kredit reytingini “VV-” (“Barqaror” prognozi) darajasida saqlab qoldi. Bunga asosiy sabab mamlakatda mustahkam tashqi va fiskal zaxiralarning mavjudligi, diversifikatsiyalangan tovarlar eksporti bazasi (2019 yil yakunlariga koʻra, eksport tarkibida oltin 34%, neft va gaz 17%, oziq-ovqat mahsulotlari 10%) hamda tashqi moliyaviy manbalardan foydalanish imkoniyatlari hisoblanadi.
“Fitch Ratings” prognoz qilishicha, Oʻzbekiston iqtisodiyoti 2020 yilda 2% oʻsadi. Kelgusi yilda bu surʼat 6,8 foizga yetadi. Bunda hozirdagi inqirozga qarshi choralar, yosh ishchi kuchi, yuqori investitsiya, islohotlarning davom ettirilishi hamda asosiy hamkorlar (Rossiya, Xitoy)ning tezroq oyoqqa turib olishi muhim rol oʻynaydi.
Davlat qarzlari YaIMga nisbatan 34,3%ga yetadi, 2019 yilda bu koʻrsatkich 28,5% edi. Oʻzbekiston tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining salkam 20 mlrd. dollarlik aktivlari, jumladan, xalqaro zaxiralarning 37,7% — 11 mlrd. dollari pul mablagʻlaridan, 57 foizi Markaziy bankning monetar oltindan iborat ekanligi ham tashqi qarz va fiskal siyosatning moslashuvchanligini taʼminlaydi.
Konsolidatsiyalangan byudjet defitsiti 2020 yilda YaIMga nisbatan 4,2%ga yetishi mumkin. “Fitch Ratings” islohotlardan chetlashish, makroiqtisodiy muvozanatning buzilishi hamda makroiqtisodiy barqarorlik uchun xatarlarni oshiradigan nomaqbul choralar, koronavirus pandemiyasining YaIMning oʻrta muddatli oʻsishi yoki davlat moliyasiga oʻta kuchli salbiy taʼsir koʻrsatishi hamda valyuta zaxiralarining pasayishi yoki tashqi qarz majburiyatlarining keskin oʻsishini Oʻzbekiston reytingiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillar sifatida koʻrsatib oʻtgan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

