Banklar omonat foizini saqlangan holda uzaytirish amaliyotini yoʻlga qoʻydi
Mamlakatda eʼlon qilingan karantin tufayli barcha banklar kredit toʻlovlari muddatini 2-3 oyga uzaytirgan edi. Bugunga kelib, omonatchilarga qulaylik yaratish maqsadida, bir nechta bank tomonidan omonat foizlari saqlangan holda uzaytirish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi.

Bugunga kelib, barcha tijorat banklari jismoniy shaxslar uchun kredit taʼtili eʼlon qildi. 9 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan oʻtkazilgan yigʻilishda ham banklar shu kabi oddiy, lekin aholida ishonch va hurmat uygʻotadigan yana koʻplab tashabbuslar bilan chiqishi maqsadga muvofiqligi aytib oʻtildi.
Shuningdek, “Masalan, muddati tugagan omonatlarning muddati uzaytirilib, bu haqda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinsa, karantin vaqtida uyida oʻtirgan aholiga qulaylik yaratiladi"deb taʼkidlangan yigʻilishda.
Banklar tomonidan omonatchilardan hech narsa talab qilinmasdan – shartnomani bir tomonlama barcha shartlari, shu jumladan, omonat foizini saqlangan holda uzaytirish amaliyotini yoʻlga qoʻyilishi boshlab berildi.
Bugungi kunga kelib, ushbu amaliyotni joriy qilgan banklar:
Ipotekabank;
OʻzSanoatqurilishbank;
Infinbank;
Asakabank;
Agrobank;
Oriyent Finans bank;
Hamkorbank.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

