Jahon banki Oʻzbekistonning krizisga qarshi dasturini qoʻllab-quvvatlash uchun 14 milliard dollar kredit ajratadi
Jahon banki Oʻzbekistonning krizisga qarshi dasturini qoʻllab-quvvatlash uchun oldingi ajratilgan 700 mln dollar kredit liniyasiga qoʻshimcha ravishda 14 milliard dollar ajratishga tayyor.

Koronavirus pandemiyasining iqtisodiy oqibatlari bilan kurashda yordam sifatida Jahon banki Oʻzbekistonga 14 milliard dollar kredit ajratishga tayyor, deb xabar qilmoqda Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligi matbuot xizmati.
Ushbu haqida Oʻzbekiston tashqi savdo va investitsiyalar vaziri Sardor Umurzakov va Jahon banki guruhining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha vitse-prezidenti Siril Myuller bilan 6 aprel kuni boʻlib oʻtgan videokonferensiya davomida kelishuvga erishildi, - deyilgan xabarda.
Bank rahbariyati hozirgi vaqtda sogʻliqni saqlash tizimini, ijtimoiy himoya institutlari va muassasalarini va byudjet koʻmagini moliyalashtirish uchun 1,2 mlrd. AQSh dollari miqdorida mablagʻlarni operativ ajratish masalasi ham faol koʻrib chiqilayotganligini bildirdi.
Mazkur mablagʻlar joriy yilning mart oyida tasdiqlangan kommunal infratuzilmani modernizatsiya qilish loyihalarini va qishloq xoʻjalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini moliyalashtirish uchun moʻljallangan 700 mln. dollar kredit liniyalariga qoʻshimcha boʻladi.
Shu qatorda, Oʻzbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga koronavirus global pandemiyasi koʻrsatgan taʼsirini yumshatishda Jahon banki koʻmagining imkoniyatlari va mexanizmlari kelishib olindi. Siril Myuller Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida aholining ijtimoiy himoyasi darajasini oshirish va mamlakatda iqtisodiy faollikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ayni paytdagi va oʻzini oqlagan choralarini yuqori baholadi.
Videokonferensiya yakunlari boʻyicha S.Myuller Oʻzbekistonga moliyaviy koʻmak koʻrsatish masalasi ustuvor tartibda koʻrib chiqilishiga ishontirdi. Shu bilan birga, tomonlar bunday videokonferensiya aloqalarni doimiy ravishda oʻtkazishga kelishdilar.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

