Jahon iqtisodiyoti
545 ta material

Eksportoldi moliyalashtirish uchun kompensatsiya va kafilliklar taqdim etiladi
Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etiladi.

Infografika: Oʻzbekistonning 2020 yil yanvar-sentyabr oylari uchun tashqi savdosi
2020- yilning yanvar-sentabr oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 27 490,1 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2019- yilning mos davriga nisbatan 3 757,9 mln. AQSh dollariga yoki 12,0 % ga kamaydi.

9 oylik eksport hajmi 11,8 milliard dollarni tashkil etdi
Jahon bozorlarida energiya resurslari narxining tushishi, shuningdek koronavirus pandemiyasi ortidan jahon iqtisodiyoti oʻsish surʼatlarining sekinlashishi tovarlar va xizmatlar eksporti hajmiga oʻz taʼsirini koʻrsatib, 2019 yilning 9 oyiga (12,9 mlrd. dollar) nisbatan 1,1 mlrd. dollarga qisqarib, 11,8 mlrd. dollarga teng boʻldi.

Birinchi marotaba oʻzbekistonlik olim xalqaro ilmiy kengashda dissertatsiya yoqladi
16 oktabr kuni Moskva poʻlat va qotishmalar instituti «MISiS» (RF)ning Milliy tadqiqotchilik texnologik universiteti Olmaliq filialida mamlakatimiz ilm-fani tarixida ilk marotaba Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2019 yildagi qaroriga muvofiq tashkillashtirilgan Xalqaro ilmiy kengashga Texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini berish boʻyicha doktorlik himoyasi boʻlib oʻtdi.

Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov isteʼfoga chiqqanini eʼlon qildi
Prezident Sooronbay Jeenbekov: Men uchun Qirgʻizistonda tinchlik, mamlakat yaxlitligi, xalqimizning birligi va jamiyatdagi osoyishtalik hamma narsadan ustundir. Men uchun har bir vatandoshimning hayotidan azizroq narsa yoʻq.

Milliy bankning ilk yevroobligatsiyalari xalqaro kapital bozorida joylashtirildi
Yevroobligatsiyalarning debyut emissiyasi Oʻzmilliybank tomonidan xalqaro miqyosda tan olingan anderrayting banklari bilan birgalikda amalga oshirildi.

Oʻzbekiston va Rossiya tomonidan qiymati 5,8 milliard dollarga teng 100 dan ortiq yangi investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda
Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Rossiya hukumatlararo komissiyasining 21-yigʻilishining protokoli imzolandi.

Yoshlar va xotin-qizlarga mikrokreditlar taʼminotsiz ajratiladi
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish orqali tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadlariga 100 million AQSh dollari ekvivalentida mablagʻ ajratiladi.

BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarida 2030 yilga borib Oʻzbekistonda kambagʻallikni ikki barobarga qisqartirish masalasi qoʻyilgan
12 oktyabr kuni “Yuksalish” umummilliy harakati hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Xalqaro munozara klubi doirasida “Pandemiya davrida aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash: Oʻzbekiston va Germaniya tajribasi” mavzusidagi ikkinchi uchrashuvini tashkil etdi.

Shavkat Mirziyoyev: Jahon bozoriga chiqayotgan mahsulotlarimizda Oʻzbekiston ovozi jaranglashi kerak
Shavkat Mirziyoyev ishtirokida boʻlib oʻtgan yigʻilishda, ayrim tadbirkorlar xalqaro brendlar bilan bir xil nomni roʻyxatdan oʻtkazib olgani sababli xorijiy investitsiya kelishiga toʻsiq boʻlayotgani tanqid qilindi.

Alisher Usmonov Oʻzbekistonda rus-tilini oʻqitish darajasini yaxshilashga moliyaviy yordam koʻrsatmoqda
2021 yilda 100 nafar rossiyalik mutaxassis mamlakatimizga kelishi rejalashtirilgan. Oʻzbekistonga yoʻnaltirilgan mutaxassislar soni har yili 100 nafarga koʻpayadi.

Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan poyabzallar AQSh va BAAga ham eksport qilinmoqda
Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan poyabzallar eksport qilingan davlatlar qatoriga joriy yilda AQSh, BAA, Quvayt, Latviya va Moldova ham qoʻshildi.

Jamiyatda ayollar rolini oshirish (+video)
Ayollar aholining 50 foizini tashkil qiladi. Uy ishlarining 66 foizini ayollar bajaradi. Ayollar isteʼmol xarajatlari toʻgʻrisida qarorlarning 80 foizini qabul qilishadi. Ammo, Ayollar biznesning atigi 30 foiziga egalik qilishadi. Ayollar dunyo daromadlarining atigi 10 foizini oladi. Ayollar mulkning atigi 2 foiziga egalik qilishadi.

“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi Oʻzbekistoning suveren kredit reytingi bahosini VV- (barqaror) darajada saqlab qoldi
COVID-19 global pandemiyasi davrida Oʻzbekiston Respublikasi reytingining barqarorligi davlatning mustahkam tashqi va fiskal zaxiralarning mavjudligida, diversifikatsiyalangan tovarlar eksporti bazasida hamda tashqi moliyaviy manbalardan foydalanish imkoniyatlarida aks etadi.

Ushbu haftada oziq-ovqat narxlarining oʻsishi sekinlashdi
Tovuq goʻshti va baliq kabi mahsulotlarning narxlarida pasayish kuzatildi va ularning respublikadagi oʻrtacha 1 kg uchun narxi mos ravishda 20909 soʻm va 21486 soʻmni tashkil etdi.

Oʻzbekistondan bolalar oʻyinchoqlari eksport qilingan davlatlar soni 12 taga yetdi
Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan bolalar oʻyinchoqlarini ushbu yilda ilk bora Afgʻoniston, Moldova va Isroilga eksport qilindi.

Jahon bozorida olib borilayotgan islohotlar sharoitida Oʻzbekistonning iqtisodiy istiqbollari ijobiy boʻlib qolmoqda
Butun mamlakat boʻylab karantin qayta kiritilmasa, 2021 yilda Oʻzbekiston YaIM oʻsishi 4,8% dan 5,0% gacha prognoz qilinmoqda, deydi Jahon banki tahlilchilari.

Tijorat banklarida ham dollar kursi koʻtarildi
6 oktyabrdan Markaziy bank valyuta kurslari koʻtarilgani haqida xabar qilgan edi. Jumladan, 1 AQSh dollarining rasmiy kursi 18,47 soʻmga koʻtarilib, 10 339,68 soʻmni tashkil qildi.

Xitoyning “Alibaba” kompaniyasi Oʻzbekistonda ish boshladi
Oʻzbekiston eksportchilar uyushmasiga Alibaba.som sayti maxsus kalitlarni ochib bergan boʻlib, bu Oʻzbekiston mahalliy kompaniyalari, eksportyorlari shu portalda, shu saytda mahsulot joylashi, umuman olganda “Alibaba” bilan savdo va mahsulotlarini eksport qilishda keng imkoniyatlar ochadi.

Mazkur haftada uzum, mosh, baliq, parranda goʻshti va tarvuz kabi mahsulotlar narxlarida pasayish kuzatildi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2020 yil 29 sentabr holatiga koʻra aholining isteʼmol savatchasidagi oziq-ovqat narxlari indeksini ishlab chiqildi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi rahbari COVID-19 pandemiyasining oziq-ovqat xavfsizligiga taʼsiri haqida (+video)
Obid Xakimov, BMT Oziq-ovqat xavfsizligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Syuy Dongyu taqdim etgan maʼlumotlarga havola qilgan holda ayrim davlatlar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari eksportini cheklash boʻyicha amalga oshirgan siyosati samarasiz ekanligi va bu keng koʻlamli gumanitar inqirozga olib kelishi mumkinligi toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqida keltirilgan asosiy tashabbuslar
Shavkat Mirziyoyev Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari toʻgʻrisidagi xalqaro kodeks ishlab chiqishni taklif etdi.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqi
Shavkat Mirziyoyev Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari toʻgʻrisidagi xalqaro kodeks ishlab chiqishni taklif etdi.

Oʻzbekiston ilk marotaba Jahon bankining inson kapitali indeksida ishtirok etdi
2020 yilga qadar Oʻzbekistonning maʼlumotlari «Inson kapitali indeksi» reytingida eʼlon qilinmagan.

Oʻzbekiston Turkiyadan 4,9 million AQSH dollariga teng boʻlgan tayyor kiyim-kechak sotib olgan
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 10,2 mln. AQSH dollariga kam.
