| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi

Oʻzbekiston Turkiyadan 4,9 million AQSH dollariga teng boʻlgan tayyor kiyim-kechak sotib olgan

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 10,2 mln. AQSH dollariga kam.

Oʻzbekiston Turkiyadan 4,9 million AQSH dollariga teng boʻlgan tayyor kiyim-kechak sotib olgan

Joriy yilning 1 sentabr holatiga Oʻzbekiston 64 ta davlatdan qiymati 16,1 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan tayyor kiyim-kechak mahsulotlarini import qilgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 10,2 mln. AQSH dollariga kam.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan sakkiz oy mobaynida import qilingan tayyor kiyim-kechak mahsulotlarining eng katta ulushi Xitoy (6,5 mln.), Turkiya (4,9 mln.), Rossiya Federatsiyasi (839,1 ming), Hindiston (714,0 ming) va 647,9 ming AQSH dollari bilan Germaniya hissasiga toʻgʻri kelgan.

Maʼlumot oʻrnida, 2019 yilda Oʻzbekistonda qiymati 7,2 trln. soʻmga teng boʻlgan tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarilgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ