| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi60 marta oʻqildi

9 oylik eksport hajmi 11,8 milliard dollarni tashkil etdi

Jahon bozorlarida energiya resurslari narxining tushishi, shuningdek koronavirus pandemiyasi ortidan jahon iqtisodiyoti oʻsish surʼatlarining sekinlashishi tovarlar va xizmatlar eksporti hajmiga oʻz taʼsirini koʻrsatib, 2019 yilning 9 oyiga (12,9 mlrd. dollar) nisbatan 1,1 mlrd. dollarga qisqarib, 11,8 mlrd. dollarga teng boʻldi.

9 oylik eksport hajmi 11,8 milliard dollarni tashkil etdi

Markaziy bank tomonidan 2020 yilning 9 oyi yakuni boʻyicha toʻlov balansi joriy operatsiyalari hisobining dastlabki koʻrsatkichlari tayyorlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 2020 yilning 9 oyi uchun toʻlov balansining joriy operatsiyalar hisobi defitsiti 2019 yilning 9 oyiga nisbatan 63 %ga kamayib, 663 mln. dollarni tashkil qildi.

Ushbu holat import hajmining eksport hajmiga nisbatan yuqori surʼatlarda qisqarishi, xalqaro pul oʻtkazmalarining deyarli oʻtgan yil darajasida saqlanib qolishi va oltin narxining jaxon bozorida oʻsishi kabi omillar bilan izohlanadi.

Jahon bozorlarida energiya resurslari narxining tushishi, shuningdek koronavirus pandemiyasi ortidan jahon iqtisodiyoti oʻsish surʼatlarining sekinlashishi tovarlar va xizmatlar eksporti hajmiga oʻz taʼsirini koʻrsatib, 2019 yilning 9 oyiga (12,9 mlrd. dollar) nisbatan 1,1 mlrd. dollarga qisqarib, 11,8 mlrd. dollarga teng boʻldi.

Tovarlar va xizmatlar importi oʻtgan yilning mos davriga (19,5 mlrd. dollar) nisbatan 3,4 mlrd. dollarga qisqarib, 16,1 mlrd. dollarni tashkil etdi.

Savdo balansining manfiy saldosi 2019 yil 9 oyiga nisbatan 35 foizga yaxshilanib, 4,3 mlrd. dollarni tashkil etdi.

Birlamchi va ikkilamchi hisob

Birlamchi daromadlar va transfertlarning ijobiy saldosi jismoniy shaxslarning xalqaro qatnovi sezilarli qisqargani va rezidentlarga xorijdan kelgan transchegaraviy pul oʻtkazmalarining oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻzgarishsiz qolganligi holatida 25 foizga kamaydi.

Oʻz navbatida, norezidentlarning investitsion daromadlari (qarzlar va xorijiy investitsiyalar boʻyicha) 1,3 mlrd. dollarni tashkil etdi.

Oʻzbekistonning 2020 yil 9 oyi uchun toʻlov balansi, xalqaro investitsion pozitsiyasi va tashqi qarzi koʻrsatkichlarining hisoboti TBQ6 metodologiyasiga muvofiq foydalanuvchilarga 2020 yilning dekabr oyida taqdim qilinadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ