Xitoyning “Alibaba” kompaniyasi Oʻzbekistonda ish boshladi
Oʻzbekiston eksportchilar uyushmasiga Alibaba.som sayti maxsus kalitlarni ochib bergan boʻlib, bu Oʻzbekiston mahalliy kompaniyalari, eksportyorlari shu portalda, shu saytda mahsulot joylashi, umuman olganda “Alibaba” bilan savdo va mahsulotlarini eksport qilishda keng imkoniyatlar ochadi.

Oʻzbekistonda Xitoyning gigant savdo platformasi “Alibaba” kompaniyasi ish boshladi, deb xabar qilmoqda OʻzA.
“Mazkur platforma ikki tomon manfaatlari uchun xizmat qiladi. Mazkur kompaniyaning mamlakatimizdagi rasmiy vakili Oʻzbekiston eksportchilar uyushmasi hisoblanadi”, deyiladi xabarda.
– Alibaba. som saytida ilgari ham oʻzbek mahalliy tadbirkorlarimiz, eksportyorlarimiz oʻz mahsulotlarini joylab, eksport qilishgan, – deydi Oʻzbekiston eksportchilari uyushmasining yetakchi mutaxassisi Maʼruf Pardayev. – Ammo bu juda katta portal, juda ham murakkab jarayon boʻlgani uchun registratsiya jarayonidagi koʻp savollar yuzasidan tushunmovchiliklar boʻlgan. Shuning uchun koʻpchilik tadbirkorlarimiz ishning yarmidan tashlab ketishga majbur boʻlishgan. Endilikda mazkur kelishuv Oʻzbekiston eksportchilar uyushmasiga Alibaba.som saytiga maxsus kalitlarni ochib berdi. Bu Oʻzbekiston mahalliy kompaniyalari, eksportyorlari shu portalda, shu saytda mahsulot joylashi, umuman olganda “Alibaba” bilan savdo va mahsulotlarini eksport qilishda keng imkoniyatlar ochadi. – Aslida “Alibaba” shu vaqtgacha Oʻzbekistonda oʻz shuʼbasini ochmagan, – deydi Oʻzbekiston eksportchilar uyushmasi raisi Muxtor Umarov.
– Negaki ularning talablari yuqori. Koʻpchilikda bu Oʻzbekistonga qanday foydasi bor, degan savol tugʻilishi tabiiy. Birinchidan, tez, qulay va arzon tarzda mahsulotlarimizni jahon elektron tarmogʻiga joylab olamiz. Ikki tarafga ham bu platforma kafolat vazifasini oʻtaydi. Buning natijasida tadbirkorlarimiz ham xotirjam oʻz mahsulotlarini eksport qila oladi. Ikkinchidan, eng asosiysi, “Alibaba” orqali biz Xitoy bozoriga va Xitoy orqali qoʻshni davlatlarga chiqa olamiz. Bu Oʻzbekiston eksportini 2-3 barobarga oshirishimizga yoʻl ochadi. Mazkur kompaniyaning mamlakatimizga rasman kirib kelganiga qisqa vaqt boʻlgan boʻlsa-da, ilk natijalar bor. Platforma orqali mahalliy qandolatchi korxonasi oʻzining 3 million AQSh dolloriga teng shartnomasini imzoladi. “Alibaba”ning rasmiy faoliyatini ekspertlar Oʻzbekiston uchun iqtisodiy oʻzgarishlar va dunyo onlayn platformasini zabt etish sari qoʻyilgan qadam, deb baholashmoqda.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

