| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi76 marta oʻqildi

Oʻzbekistondan bolalar oʻyinchoqlari eksport qilingan davlatlar soni 12 taga yetdi

Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan bolalar oʻyinchoqlarini ushbu yilda ilk bora Afgʻoniston, Moldova va Isroilga eksport qilindi.

Oʻzbekistondan bolalar oʻyinchoqlari eksport qilingan davlatlar soni 12 taga yetdi

Respublikamiz bojxonachilari yil boshidan buyon Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan 5 mln 229 ming AQSh dollari qiymatidagi bolalar oʻyinchoqlarini eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirishdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 10 foizga koʻp demakdir, deb xabar qilmoqda Davlat Bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati.

Joriy yilda oʻyinchoqlarning Ozarbayjonga eksporti 9 barobarga, Tojikistonga eksporti 1,8 barobarga, Qozogʻistonga eksporti 1,7 barobarga oshgan.

Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan bolalar oʻyinchoqlarini ushbu yilda ilk bora Afgʻoniston, Moldova va Isroilga eksport qilindi.

Oʻzbekistondan bolalar oʻyinchoqlari eksport qilingan davlatlar soni 12 tani tashkil qilib, ular qatorida AQSh, Fransiya, Rossiya, Belarus, Gruziya, Qirgʻiziston kabi davlatlar ham bor.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ