Mazkur haftada uzum, mosh, baliq, parranda goʻshti va tarvuz kabi mahsulotlar narxlarida pasayish kuzatildi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2020 yil 29 sentabr holatiga koʻra aholining isteʼmol savatchasidagi oziq-ovqat narxlari indeksini ishlab chiqildi.

Indeks goʻsht va sut mahsulotlari (mol goʻshti, qoʻy goʻshti, parranda goʻshti, sut, tuxum), sabzavotlar (piyoz, karam, pomidor, sabzi, bodring, kartoshka), mevalar (olma, nok), poliz mahsulotlari (tarvuz, qovun, qovoq, uzum), dukkakli ekinlar (noʻxat, loviya, mosh), guruch, un, makaron, sabzavot, sariyogʻ va shakar kabi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini hisobga olgan holda hisoblandi.
Yagona indeksni tuzishda, mamlakat aholisining isteʼmol odatlarini tavsiflovchi ogʻirliklar qoʻllanildi (yaʼni, aholi oʻrtasida ushbu mahsulot qancha koʻp isteʼmol qilinsa, uning ogʻirligi shuncha yuqori boʻladi).
Natijada quyidagilar aniqlandi:
2020 yil 29 sentabr holatiga oziq-ovqat narxlari indeksi respublikada oʻtgan haftaga nisbatan +1.69%ni tashkil etdi.
Maʼlumot uchun: oʻrtacha narxlarning oʻtgan haftaga nisbatan oʻsishi olma (+ 12,27%) kabi mahsulotlar narxlarida kuzatildi va 1 kg uchun 3482 soʻmni tashkil etdi. Bundan tashqari, tuxum (10 ta dona ) 10,53 % ga qimmatlashdi va narxi 10 315 soʻmni tashkil etdi. Shuningdek, sabzi (+ 8,16%), un (+ 5,60%), makaron mahsulotlari (5,18%) va qovun (+ 4,14%) kabi mahsulotlar narxlarida oʻsish kuzatildi. Kartoshkaning oʻrtacha narxi 1 kg uchun 13 089 soʻmni tashkil etdi (+ 2,35%). Loviya va piyoz mos ravishda + 1,73% va + 1,50% ga qimmatlashdi va ularning narxi 10545 soʻm va 1811 soʻmni tashkil etdi (1-jadval).
Sut, pomidor, shakar va oʻsimlik yogʻining oʻrtacha narxlarida biroz oʻsish kuzatildi. Xususan, sutning oʻrtacha narxi (1 litr) 5385 soʻmni, pomidor (1kg) 2060 soʻmni tashkil etdi. Shakarning oʻrtacha narxi (1 kg) 29 sentyabr holatiga koʻra 4413 soʻmni tashkil etdi (1-jadval).
Uzum, mosh, baliq, parranda goʻshti va tarvuz kabi mahsulotlar narxlarida pasayish kuzatildi.
Maʼlumot uchun: uzumning oʻrtacha narxi (1 kg) oʻtgan haftaga nisbatan -3,71% ga pasayib, 2200 soʻmni tashkil etdi. Moshning oʻrtacha narxi 13 942 soʻmni tashkil etdi (-0,97%). Baliq (-0,20%) va parranda goʻshti (-0,09%) narxining pasayishi ahamiyatsiz boʻlib, ularning narxi (1 kg) mos ravishda 21623 soʻm va 21064 soʻmni tashkil etdi. Tarvuzning narxi (1 kg) 3694 soʻmni tashkil qildi, (1-jadval).
1-jadval. 29 sentabr holatiga Oʻzbekiston Respublikasida oziq-ovqat mahsulotlarining oʻtgan haftaga nisbatan foizda oʻsishi yoki pasayishi, (%)

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika xizmati tezkor maʼlumotlari asosida muallif hisob-kitoblari
Viloyatlar kesimida narxlarning sezilarli oʻsishi, va shu sababli oziq-ovqat mahsulotlari narxlari indeksi balandligi Xorazm (+ 3,45%), Fargʻona (+ 2,74%) va Samarqand (+ 2,12%) viloyatlarida kuzatildi. Namangan va Andijon viloyatlarida indeks + 1,74% ni tashkil etdi. Qashqadaryo viloyati va poytaxtda indeks + 1,60% ni tashkil etdi.
Jizzax viloyatida oziq-ovqat mahsulotlarida narxlarning sezilarsiz oʻzgarishi kuzatildi (+ 0,27%). Shuningdek, poytaxt va Buxoro viloyatlarida indeks mos ravishda +0,90 va + 0,92% ni tashkil etdi.
Boshqa viloyatlarda oziq-ovqat narxlari indekslari Xorazm va Buxoro viloyatlarining koʻrsatkichlari intervalida boʻldi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston ikkilamchi avtomobil bozoridagi holat: avtomobil narxiga nima taʼsir qiladi?

Oʻzbekistonda asosiy oziq-ovqatlar narxida qanday oʻzgarish boʻldi?

Oʻtgan haftada oziq-ovqat mahsulotlari narxlarida sezilarli oʻzgarish kuzatilmadi

