| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi65 marta oʻqildi

Milliy bankning ilk yevroobligatsiyalari xalqaro kapital bozorida joylashtirildi

Yevroobligatsiyalarning debyut emissiyasi Oʻzmilliybank tomonidan xalqaro miqyosda tan olingan anderrayting banklari bilan birgalikda amalga oshirildi.

Milliy bankning ilk yevroobligatsiyalari xalqaro kapital bozorida joylashtirildi

“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ (keyingi oʻrinlarda – Oʻzmilliybank yoki emitent) tomonidan London fond birjasida 5 yillik 300 million dollarga teng yevroobligatsiyalar muomalaga chiqarildi va shu bilan xalqaro kapital bozorining toʻlaqonli ishtirokchisiga aylandi. Bu haqda Moliya vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.

Yevroobligatsiyalarning debyut emissiyasi Oʻzmilliybank tomonidan Citibank (AQSh), Natixis (Fransiya), SMBC Nikko (Yaponiya) va Gazprombank (Rossiya) kabi xalqaro miqyosda tan olingan anderrayting banklari bilan birgalikda amalga oshirildi.

Joriy yilning 12-13 oktyabr kunlari boʻlib oʻtgan roud-shou tadbiri doirasida AQSh, Yevropa, Rossiya Federatsiyasi va Osiyo mamlakatlarining 70 dan ortiq global xalqaro investorlari ishtirokida global audiokonferensiya (Global Investor Call) oʻtkazildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ