| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes2 daqiqada oʻqiladi142 marta oʻqildi

Oʻzbekiston ilk marotaba Jahon bankining inson kapitali indeksida ishtirok etdi

2020 yilga qadar Oʻzbekistonning maʼlumotlari «Inson kapitali indeksi» reytingida eʼlon qilinmagan.

Oʻzbekiston ilk marotaba Jahon bankining inson kapitali indeksida ishtirok etdi

Mazkur sharhda Inson kapitali indeksining (IKI) 2020 yil uchun yangilangan hisoboti taqdim etilgan. Mazkur Indeks ilk bor 2018 yilda eʼlon qilingan. Undan bugun tugʻilgan bola 18 yoshga qadar toʻplashi mumkin boʻlgan inson kapitali miqdorini baholash uchun foydalaniladi. IKI davlatlarda belgilangan taʼlim darajasini tzliq oʻzlashtirgan va toʻliq sogʻlom boʻlgan yangi avlod ishchilarning mehnat unumdorligining potensial darajasi va mehnat unumdorligini aks ettiradi. 2020 yilda tugʻilgan bolaning potensial unumdorligining global miqyosdagi oʻrtacha darajasi balogʻat yoshiga yetganida 56% ga yetadi. Indeksda keltirilgan barcha maʼlumotlar mamlakatlarda COVID-19 pandemiyasidan oldingi vaziyatni aks ettiradi.

INSON KAPITALI INDEKSI

Inson kapitali indeksi. Bugungi kunda Oʻzbekistonda tugʻilgan bolaning balogʻat yoshiga yetganidagi mehnat unumdorligi belgilangan taʼlim dasturlarini toʻliq oʻzlashtirgan va toʻla sogʻlom boʻlgan sharoitda mehnat unumdorligi 62 foizni tashkil qiladi. Ushbu koʻrsatkich Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi oʻrtacha koʻrsatkichdan pastroq, ammo daromad darajasi oʻrtachadan past boʻlgan mamlakatlarning oʻrtacha koʻrsatkichidan ancha yuqori.

  • 5 yoshgacha yashab qolish darajasi. Oʻzbekistonda tugʻilgan 100 boladan 98 nafari 5 yoshgacha yashab qoladi.

  • Kutilayotgan taʼlim olish muddati. Prognozga koʻra, Oʻzbekistonda 4 yoshdan boshlab maktabgacha taʼlim olayotgan bola uchun, 18 yoshga kelib, taʼlim olish muddati 12 yilni tashkil etadi.

  • Umumlashtirilgan test natijalari. Oʻzbekistondagi talabalarning taʼlim natijalari 474 ballni tashkil etgan, bu yerda eng yuqori taʼlim natijalari 625 ball, eng past darajadagi taʼlim natijalari esa 300 ballga toʻgʻri keladi.

  • Taʼlim sifatiga qarab taʼlim olish davomiyligi. Oʻquvchilar tomonidan haqiqatan ham olingan bilimlarning miqdorini hisobga olgan holda, maktabda kutilayotgan taʼlim davomiyligi atigi 9,1 yilni tashkil etadi.

  • Katta yoshdagi aholining yashash salohiyati. Oʻzbekistonda ushbu 15 yoshdagilarning 87 %i 60 yoshgacha yashaydi. Ushbu statistik birlik bilvosita indikator boʻlib, bugungi kunda tugʻilgan bola voyaga yetganida hozirgi sharoitda sogʻliq bilan yuzaga kelishi mumkin bir qator xavflarni inobatga oladi.

  • Sogʻlom oʻsish (nuqsonsiz rivojlananayotgan bolalar ulushi). 100 boladan 89 nafari rivojlanishdan orqada qolmaydi. 100 boladan 11 nafarida rivojlanishda kechikish va umr davomida kognitiv va jismoniy cheklanishlar xavfi mavjud.

INDEKSDA INSONLARNING JINSI VA IJTIMOIY-IQTISODIY KELIB CHIQISHIGA BOGʻLIQLIGI

Oʻzbekistonda oʻgʻil bolalarga qaraganda qizlarda IKI yuqori. 1-jadvalda IKI ning jins boʻyicha har bir komponenti ajratilgan.

Oʻzbekistonda turli xil ijtimoiy-iqtisodiy guruhlarning IKIlarini taqqoslash uchun maʼlumotlar yetarli emas.

1-Jadval

IKIning jinsi va ijtimoiy-iqtisodiy kelib chiqishiga qarab taqsimlaniishi

Tarkibi

Oʻgʻillar

Qizlar

Umumiy

IKI

0,61

0,63

0,62

5 yoshgacha yashab qolish darajasi

0,98

0,98

0,98

Kutilayotgan taʼlim olish muddati

12,1

12,0

12,0

Umumlashtirilgan test natijalari

475

474

474

Taʼlim sifatiga qarab taʼlim olish davomiyligi

9,2

9,1

9,1

Katta yoshdagi aholining yashash salohiyati

0,83

0,90

0,87

Sogʻlom rivojlananayotgan bolalar ulushi

0,89

0,90

0,89

IKI taqsimoti (20% eng boylar / 20% eng kambagʻallar)

_

Turli ijtimoiy-iqtisodiy qatlamlarda IKI boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot olish uchun

Izoh:

  • Yirik aylana – Oʻzbekiston.

  • Kichik aylanalar –boshqa davlatlar.

  • Vertikal chiziq va aylanalarning rangi taqsimot kvartillarini ifoda etadi

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ