Birinchi marotaba oʻzbekistonlik olim xalqaro ilmiy kengashda dissertatsiya yoqladi
16 oktabr kuni Moskva poʻlat va qotishmalar instituti «MISiS» (RF)ning Milliy tadqiqotchilik texnologik universiteti Olmaliq filialida mamlakatimiz ilm-fani tarixida ilk marotaba Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2019 yildagi qaroriga muvofiq tashkillashtirilgan Xalqaro ilmiy kengashga Texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini berish boʻyicha doktorlik himoyasi boʻlib oʻtdi.

Mazkur xalqaro ilmiy kengash aʼzolari 2018 yilda Xalqaro togʻ-kon Kongressi doirasida taʼsis etilgan Yevroosiyo togʻ-kon fanlari akademiyasi hamda metallurgiya ishi boʻyicha dunyoning 100 ta eng yetakchi ilmiy va tadqiqot markazlari sirasiga kiradigan Moskva poʻlat va qotishmalar instituti (MISiS) vakillari boʻlmish V. Melnik, V.Atrushkevich, V.Galkin, M. Raxutin, L.Kantovich singari 12 nafar dunyoga mashhur olimlardir.
Himoya dissertant N.A. Abduazizovning «Togʻ-kon mashinalari» ixtisosligi boʻyicha «Ochiq kon ekskavatorlarining gidravlik tizimlarini optimallashtirish asosida ularning samaradorligini oshirish uslublarini ishlab chiqish» mavzusida boʻlib oʻtdi.
Bugungi kunda Moskva poʻlat va qotishmalar instituti (MISiS) Milliy tadqiqotchilik texnologik universitetining Olmaliq filialida «Geotexnologiya (ochiq, yerosti va qurilish)», «Togʻ-kon mashinalari», «Taʼlim-tarbiya nazariyasi va metodikasi», «Marksheyderiya» hamda «Togʻ-kon ishlab chiqarishida fizik jarayonlar» kabi ixtisosliklar boʻyicha ilmiy dissertatsiyalarni himoya qilish imkoni mavjud.
Eslatib oʻtamiz, Moskva poʻlat va qotishmalar instituti (MISiS) Milliy tadqiqotchilik texnologik universitetining Olmaliq filiali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2018 yilda respublikamiz sanoati uchun yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni tayyorlash maqsadida tashkil etilgan.
Fotogalereya 1
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi


