Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan poyabzallar AQSh va BAAga ham eksport qilinmoqda
Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan poyabzallar eksport qilingan davlatlar qatoriga joriy yilda AQSh, BAA, Quvayt, Latviya va Moldova ham qoʻshildi.

Oʻzbekistondan yil boshidan buyon 27 mln 978 ming AQSh dollari qiymatidagi 23 mln. 656 ming juft poyabzallar eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirildi, deb xabar qilmoqda qoʻmita matbuot xizmati.
Joriy yilda eksport qilingan poyabzallar soni oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 91 foizga oshgan.
Shuningdek, 2020 yilda poyabzallarning Tojikistonga eksporti 4,5 barobarga, Afgʻonistonga eksporti 4,4 barobarga, Qozogʻistonga eksporti salkam 2,1 barobarga, Turkmanistonga eksporti 1,8 barobarga va Qirgʻizistonga eksporti 1,1 barobarga oshgan.
Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan poyabzallar eksport qilingan davlatlar qatoriga joriy yilda AQSh, BAA, Quvayt, Latviya va Moldova ham qoʻshildi.
Oʻzbekistondan poyabzal eksport qilingan davlatlar soni 12 tani tashkil qilib, ular qatorida Rossiya va Ozarbayjon ham bor.
Mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish hisobiga joriy yilda respublikamizga poyabzal importi miqdor jihatidan salkam 4 mln. juftga, yaʼni 74 % ga qisqardi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

