Ushbu haftada oziq-ovqat narxlarining oʻsishi sekinlashdi
Tovuq goʻshti va baliq kabi mahsulotlarning narxlarida pasayish kuzatildi va ularning respublikadagi oʻrtacha 1 kg uchun narxi mos ravishda 20909 soʻm va 21486 soʻmni tashkil etdi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2020 yil 6 oktabr holatiga koʻra aholining isteʼmol savatchasidagi oziq-ovqat narxlari indeksini ishlab chiqildi.
Maʼlumot uchun: indeks goʻsht va sut mahsulotlari (mol goʻshti, qoʻy goʻshti, parranda goʻshti, sut, tuxum), sabzavotlar (piyoz, karam, pomidor, sabzi, bodring, kartoshka), mevalar (olma, nok), poliz mahsulotlari (tarvuz, qovun, qovoq, uzum), dukkakli ekinlar (noʻxat, loviya, mosh), guruch, un, makaron, sabzavot, sariyogʻ va shakar kabi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini hisobga olgan holda hisoblandi.
Yagona indeksni tuzishda, mamlakat aholisining isteʼmol odatlarini tavsiflovchi ogʻirliklar qoʻllanildi (yaʼni, aholi oʻrtasida ushbu mahsulot qancha koʻp isteʼmol qilinsa, uning ogʻirligi shuncha yuqori boʻladi).
Natijada quyidagilar aniqlandi: 2020 yil 6 oktyabr holatiga koʻra oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining oʻsishi respublikada oʻtgan haftaga nisbatan pasayib +1,21 ni tashkil yetdi.
Maʼlumot uchun: bodring (7,8%) va pomidor (7,7%) kabi mahsulotlarning narxlarida oʻtgan haftaga nisbatan oʻrtacha narxlarning sezilarli darajada oʻsishi kuzatildi va ularning respublikada 1 kg uchun oʻrtacha narxi mos ravishda 3755 soʻm va 2843 soʻmni tashkil etdi.
Bundan tashqari, tuxum (10 dona) va shakar (1kg) narxlari oʻtgan xaftaga nisbatan 6% ga oshdi va ushbu mahsulotlarning oʻrtacha narxi mos ravishda 10958 soʻmni (10 dona uchun) va 6956 (1 kg uchun) soʻmni tashkil etdi. Mol (0,62%) va qoʻy goʻshti (0,96%) kabi maxsulotlar narxlarining oʻsishi 1% dan oshmadi, va respublikada ushbu turdagi goʻshtlarning oʻrtacha narxi mos ravishda 58071 soʻm va 60723 soʻmni tashkil etdi. Oʻsimlik yogʻining oʻrtacha narxi (litr) 12628 soʻmni (+ 4,6%) tashkil etdi. Bugʻdoy uni, makaron, sut, guruch kabi mahsulotlar narxlarning oʻsishi sezilarsiz boʻldi, (1-jadval).
Qovoq va sabzi uchun oʻrtacha narxlar sezilarli darajada pasaygan.
Maʼlumot uchun: oshqovoq (-1,5%) va sabzining (-1,6%) oʻrtacha narxi mos ravishda 2166 soʻm va 2512 soʻmni tashkil etdi. Tovuq goʻshti (-0,7%) va baliq (-0,7%) kabi mahsulotlarning narxlarida pasayish kuzatildi va ularning respublikadagi oʻrtacha 1 kg uchun narxi mos ravishda 20909 soʻm va 21486 soʻmni tashkil etdi (1-jadval).
1-jadval. 6 oktyabr holatiga Oʻzbekiston Respublikasida oziq-ovqat mahsulotlarining oʻtgan haftaga nisbatan oʻsishi yoki pasayishi, (%)

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qomitasi (DSQ) tezkor maʼlumotlari asosida muallif hisob-kitoblari
Viloyatlar kesimida respublikaning barcha hududlarida narxlarning oʻsishi, shu sababli oziq-ovqat mahsulotlari narxlari indeksi oʻsishi kuzatildi. Xususan, Buxoro (+ 2,56%), Sirdaryo (+1,79%), va Jizzax (+1,74%) viloyatlarida indeksning sezilarli oʻsishi kuzatildi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi (+ 1,57%), Toshkent (+ 1,52%) va Fargʻona (+ 1,43%) viloyatlarida ham oziq-ovqat narxlari indeksi oʻrtacha oʻsishi kuzatildi.
Toshkent shahrida (0,57%), Surxondaryo (0,62%) va Xorazm (0,70%) viloyatlarida boshqa viloyatlarga nisbatan narxlar barqarorligi kuzatildi.
Boshqa viloyatlarda oziq-ovqat narxlari indeksi Xorazm va Buxoro viloyatlarining koʻrsatkichlari orasida boʻldi.
Taʼkidlash joizki, Prezident farmoniga binoan avgust oyining birinchi haftasida kam taʼminlangan oilalarga 148 milliard soʻm miqdorida moddiy yordam berildi. Avgust oxiriga qadar 1,7 million kishiga va 50 mingdan ortiq tibbiyot xodimlariga 780 milliard soʻm toʻlangan. Shuningdek, joriy yil oxiriga qadar 1,7 million kam taʼminlangan, 3,7 million nafaqaxoʻr va qoʻshimcha 500 ming ijtimoiy nafaqa olivchilar uchun byudjetdan qoʻshimcha 2 trillion soʻm ajratiladi. Aholining qatlamlariga koʻrsatilayotgan moddiy yordam tovarlarga, ayniqsa oziq-ovqatga boʻlgan talabni kuchaytiradi, bu esa oʻz navbatida narxlarning oshishiga va natijada oziq-ovqat mahsulotlari narxlari indeksining oʻsishiga olib keladi.
Isteʼmol savatidan oziq-ovqat mahsulotlari narxlari indeksining dinamikasi shuni koʻrsatadiki, avgust oyining birinchi haftasida aholiga moddiy yordam koʻrsatilgandan soʻng, 11 avgust holatiga aksariyat mahsulotlarning narxi oshdi. Oziq-ovqat narxlarining koʻtarilishi indeksi 4 avgustdagi -0,21% dan 11 avgust + 0,31% ga olib keldi. 6-oktabr holatiga koʻra esa, oziq-ovqat mahsulotlari narxlari indeksi oʻtgan hafta koʻrsatkichi (+1,69%)dan +1,21% ga pasaydi, (1-rasm).
1-rasm. Isteʼmol savatidan oziq-ovqat mahsulotlari narxlari indeksining dinamikasi (%)

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qomitasi (DSQ) tezkor maʼlumotlari asosida muallif hisob-kitoblari
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston ikkilamchi avtomobil bozoridagi holat: avtomobil narxiga nima taʼsir qiladi?

Oʻzbekistonda asosiy oziq-ovqatlar narxida qanday oʻzgarish boʻldi?

Oʻtgan haftada oziq-ovqat mahsulotlari narxlarida sezilarli oʻzgarish kuzatilmadi

