Jahon bozorida olib borilayotgan islohotlar sharoitida Oʻzbekistonning iqtisodiy istiqbollari ijobiy boʻlib qolmoqda
Butun mamlakat boʻylab karantin qayta kiritilmasa, 2021 yilda Oʻzbekiston YaIM oʻsishi 4,8% dan 5,0% gacha prognoz qilinmoqda, deydi Jahon banki tahlilchilari.

Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan global iqtisodiy tanazzulga qaramasdan, Oʻzbekiston 2020-yilda iqtisodiy oʻsishni namoyish etadigan Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi ikkita davlatdan biri boʻlishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Jahon banki mintaqaviy iqtisodiy tahlilining bugun eʼlon qilingan nashrida aytilgan.
Koronavirus (COVID-19) pandemiyasi Sovet Ittifoqi parchalanishidan soʻng tiklangan Oʻzbekiston iqtisodiyoti duch kelgan eng ogʻir inqiroz boʻldi. Bu holat mamlakat yalpi ichki mahsulotining oʻsishiga salbiy taʼsir koʻrsatdi va fuqarolarning bandligi, farovonligi va daromadlarining pasayishiga olib keldi.
2020-yilning birinchi yarmida YaIM oʻsishi deyarli nolga teng boʻldi, 2019-yilning birinchi yarmida esa bu koʻrsatkich 5,8 foizni tashkil etgan edi. Shu davrda asosiy kapitalga investitsiyalar 12,8 foizga kamaydi. Ishsizlik darajasi 2020-yilning birinchi choragidagi 9,4 foizdan ikkinchi chorakda 15 foizgacha keskin koʻtarildi.
Oltin ishlab chiqarishning koʻpayishi va qishloq xoʻjaligidagi oʻsish sanoat va xizmatlar sohasidagi keskin pasayishni bartaraf etishga yordam berdi. Birinchi yarim yillikda pul oʻtkazmalari 19 foizga kamayganiga qaramay, ijtimoiy transfertlarning 17 foizga koʻpayishi va 2020-yil fevralidan eng kam ish haqining 10 foizga oʻsishi xususiy isteʼmolni saqlab qolishga yordam berdi.
Pul oʻtkazmalarining qisqarishi va tashqi savdo defitsitining kengayishi toʻlov balansi joriy hisobining defitsitini 2020-yilning birinchi yarmida YaIMning 7,7 foiziga yetkazdi. Jahon taʼminot zanjiridagi uzilishlar va yirik mahsulotlar narxlarining pasayishi tufayli shu davrda eksport 22,6 foizga kamaydi (tabiiy gaz, metallar). Chet davlatlarda olib kelinadigan mashina, uskunalar va yarim tayyor mahsulotlar hajmining keskin pasayishi tufayli import 15 foizga kamaydi.
Davlat byudjetiga tushumlarning kam yigʻilishi va inqirozga qarshi katta xarajatlar 2020-yil birinchi yarmida byudjet kamomadi YaIMning 5% gacha oʻsishiga olib keldi. Yalpi ichki mahsulotning 2,5%i sogʻliqni saqlash sohasiga qoʻshimcha xarajatlar, kam taʼminlanganlar uchun pul oʻtkazmalarining koʻpaytirilishi, jamoat ishlarining kengayishi va korxonalarni qoʻllab-quvvatlash uchun yoʻnaltirildi. Oltin eksportining koʻpayishi natijasida tushumning kuchli oʻsishiga qaramay, zaif iqtisodiy sharoitlar va soliqlarni kechiktirish natijasida YaIM ulushi sifatida hisoblanadigan davlat daromadlarining yiliga ikki foizga pasayishi kuzatildi.
Yillik inflyasiya 2020-yil avgust oyida 11,6% gacha pasayib ketdi, bu esa Oʻzbekiston Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasini 2020-yilda ikki marta - aprelda 16% dan 15% gacha, sentyabrda esa 14% gacha kamaytirishga imkon berdi. Korxonalar uchun ajratilgan inqirozga qarshi kreditlar 2020-yil yanvar-avgust oylarida iqtisodiyotni kreditlash hajmining 18 foizga oshishiga olib keldi.
“Pandemiya natijasida yuzaga kelgan inqiroz Oʻzbekiston yalpi ichki mahsulotining oʻsishini 2020-yilda deyarli toʻxtatib qoʻydi va yigirma yildan koʻproq vaqt ichida birinchi marta qashshoqlik darajasini oshirdi. Pandemiyaning iqtisodiy, ijtimoiy va aholi sogʻligʻiga taʼsirini yumshatish uchun hukumat bir qator inqirozga qarshi choralar koʻrdi. Mavjud sinovlar va qiyinchiliklarga qaramay, iqtisodiy oʻsishning yuqori surʼatlariga erishish va fuqarolarning turmush farovonligini oshirish maqsadida mamlakat rahbariyati iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida islohotlarni davom ettirishni qatʼiy niyat qilganligini tasdiqladi. Pandemiya tugagandan soʻng, iqtisodiy tiklanishni taʼminlash va uni yanada barqaror va inklyuziv qilish juda muhimdir”, - dedi Marko Mantovanelli, Jahon bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari.
Bozor islohotlari iqtisodiyotda resurslardan yanada samarali foydalanish va xususiy sektorni rivojlantirish uchun ragʻbatlantirishni kuchaytirgani sababli Oʻzbekiston iqtisodiyoti boʻyicha prognozlar ijobiy boʻlib qolmoqda. 2020 yil uchinchi choragida karantinning bekor qilinishi, qishloq xoʻjaligida barqaror ishlab chiqarish va pul oʻtkazmalarining qisman tiklanishi 2020 yilning ikkinchi yarmida birinchi yarim yilga nisbatan kuchliroq iqtisodiy faollikka olib keladi.
YaIMning yillik oʻsishi bu yil 0,4% dan 0,8% gacha, boʻlishi kutilmoqda. Bu 2019 yilgi koʻrsatkich – 5,6% ga nisbatan sezilarli darajada past. Shu bilan birga, Oʻzbekiston va Tojikiston 2020 yilda YaIMning ijobiy oʻsishini kutayotgan Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi 23 davlat orasida yagona davlatlarga aylanishadi (1-jadval).
Mamlakat boʻylab karantin qayta kiritilmasa, 2021 yilda Oʻzbekiston YaIM oʻsishi 4,8% dan 5,0% gacha boʻlishi prognoz qilinmoqda.
1-jadval. Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlarida iqtisodiy oʻsish boʻyicha prognozlar
(bozor narxlarida YaIMning real oʻsishi (%), agar boshqacha koʻrsatilmagan boʻlsa)
2020-yil iyun oyining prognozidagi oʻzgarishlar. (foiz punktlari) | 2021-yilda iqtisodiy rivojlanishning salbiy ssenariysi | |||||||
2017 | 2018 | 2019d | 2020p | 2021p | 2020p | 2021p | ||
Albaniya | 3.8 | 4.3 | 2.2 | -8.4 | 5.0 | -3.4 | −3.8 | 3.0 |
Armaniston | 7.5 | 5.2 | 7.6 | -6.3 | 4.6 | -3.5 | -0.3 | 3.1 |
Ozarbayjon | 0.2 | 1.5 | 2.2 | -4.2 | 1.9 | -1.6 | -0.3 | 1.1 |
Belarus | 2.5 | 3.1 | 1.2 | -2.8 | -5.5 | 1.2 | -6.5 | -6.4 |
Bosniya va Gersegovana | 3.2 | 3.7 | 2.6 | -3.2 | 3.0 | 0.0 | -0.4 | 1.5 |
Bolgariya | 3.5 | 3.1 | 3.4 | -5.1 | 3.9 | 1.1 | -0.4 | 3.2 |
Xorvatiya | 3.1 | 2.7 | 2.9 | -8.1 | 5.9 | 1.2 | 0.5 | 5.4 |
Gurjiston | 4.8 | 4.8 | 5.1 | -6.0 | 4.0 | -1.2 | 0.0 | 3.0 |
Vengriya | 4.3 | 5.1 | 4.9 | -5.0 | 4.5 | 0.0 | 0.0 | 1.5 |
Qozogʻiston | 4.1 | 4.1 | 4.5 | -2.5 | 2.5 | 0.5 | 0.0 | 1.0 |
Kosova | 4.2 | 3.8 | 4.2 | -8.8 | 3.7 | -4.3 | -1.5 | 1.7 |
Qirgʻiziston Respublikasi | 4.7 | 3.8 | 4.5 | -5.5 | 4.8 | -1.5 | -0.8 | 3.0 |
Moldova | 4.7 | 4.3 | 3.6 | -5.2 | 3.5 | -2.1 | -0.5 | 1.5 |
Chernogoriya | 4.7 | 5.1 | 3.6 | -12.4 | 6.9 | -6.8 | 2.1 | 4.8 |
Shimoliy Makedoniya | 1.1 | 2.7 | 3.6 | -4.1 | 3.6 | -2.0 | -0.3 | 2.6 |
Polsha | 4.9 | 5.3 | 4.1 | -3.9 | 3.5 | 0.3 | 0.7 | 0.2 |
Ruminiya | 7.1 | 4.4 | 4.1 | -5.7 | 4.9 | 0.0 | -0.5 | 4.7 |
Rossiya Federatsiyasi | 1.1 | 2.5 | 1.3 | -5.0 | 2.8 | 1.0 | 0.1 | 1.0 |
Serbiya | 2.0 | 4.4 | 4.2 | -3.0 | 2.9 | -0.5 | -1.1 | 1.5 |
Tojikiston | 7.6 | 7.3 | 7.5 | 1.6 | 3.7 | 3.6 | 0.0 | 1.6 |
Turkiya | 7.5 | 3.0 | 0.9 | -3.8 | 4.0 | 0.0 | -1.0 | 1.0 |
Ukraina | 2.5 | 3.3 | 3.2 | -5.5 | 1.5 | -2.0 | -1.5 | 1.0 |
Oʻzbekiston | 4.5 | 5.4 | 5.6 | 0.6 | 4.8 | -0.9 | -1.8 | 2.9 |
Manba: Jahon banki
D= daraja; P = prognoz.
Oʻrta muddatli istiqbolda inflyasiya sekinlashadi, ammo narxlarni yanada isloh qilish natijasida yuqori darajada saqlanib qoladi. Pul oʻtkazmalarining tiklanishi va savdo defitsitining pasayishi tufayli toʻlov balansining joriy hisobot defitsiti 2020 yilda YaIMning 6% atrofida boʻlishi kutilmoqda. Oʻrta muddatli istiqbolda u taxminan bir xil boʻlib qoladi, chunki pandemiya tugagandan soʻng mashinalar, uskunalar va yarim tayyor mahsulotlar importining oʻsishi tiklanadi. Ushbu defitsitni davlat qarzlarini koʻpaytirish va chet el investitsiyalarining bosqichma-bosqich koʻpayishi hisobiga moliyalashtirish kutilmoqda.
2020 yilda YaIMning 7,5% miqdorida prognoz qilinadigan davlat byudjeti taqchilligi inqirozga qarshi xarajatlarni bosqichma-bosqich qisqartirish va davlat byudjetiga tushumlarni koʻpaytirish oqibatida 2021-2022 yillarda kamayadi. Oʻrta muddatli istiqbolda davlat byudjeti taqchilligining kamayishi prognoz qilinmoqda.
2020 yilda va keyingi oʻrta muddatli istiqbolda defitsit asosan tashqi qarzlarni koʻpaytirish hisobiga moliyalashtiriladi. 2020 yilda tashqi davlat qarzi YaIMning 34,7 foizigacha koʻtarilishi taxmin qilinmoqda. Garchi u 2017 yildan beri YaIMga nisbatan foizda koʻpaygan boʻlsa-da, oʻrta muddatli istiqbolda barqarorlashishi kutilmoqda.
Oʻzbekistonning tashqi davlat va hukumat tomonidan kafolatlangan qarzlari Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi boshqa 22 davlatga nisbatan moʻʼtadil boʻlib qolmoqda. Taqqoslash uchun: 2020-yilda prognoz qilingan tashqi davlat qarzining YaIMga nisbati Qozogʻiston uchun - 26,6%, Qirgʻiziston Respublikasi - 64,2%, Tojikiston - 51%, Armaniston - 63,8%, Ozarbayjon - 19,6%, Gurjiston - 60%, Rossiya - 20,5%, Ukraina - 62%, Belarus - 45,2% (2-jadval).
Izohlar: YaIM va xarajatlarning tarkibiy qismlari, agar boshqacha koʻrsatilmagan boʻlsa, 2010-yilgi bozor kurslari boʻyicha narxlarda oʻlchanadi. Jahon bankining baholari yangi maʼlumotlar va oʻzgaruvchan sharoitlar (dunyoda) asosida tez-tez yangilanadi. Shuning uchun, jadvalda keltirilgan raqamlar, hatto mamlakatlar istiqbollarini baholash har qanday vaqtda farq qilmasa ham, Jahon bankining boshqa hujjatlaridagi koʻrsatkichlardan farq qilishi mumkin. Qoʻshimcha maʼlumot uchun: www.worldbank.org/gep.
2-jadval. Tashqi davlat qarzi (YaIMga nisbatan foizda)
Tashqi davlat qarzi (YaIMga nisbatan foizda) | 2019d | 2020p | 2021p | |
Albaniya | 68.0 | 81.3 | 81.3 | |
Armaniston | 53.5 | 63.8 | 63.6 | |
Ozarbayjon | 18.9 | 19.6 | 20.0 | |
Belarus | 38.4 | 45.2 | 49.9 | |
Bosniya va Gersegovana | 33.1 | 38.0 | 38.2 | |
Bolgariya | 20.4 | 27.7 | 30.7 | |
Xorvatiya | 73.2 | 86.4 | 83.2 | |
Gurjiston | 41.1 | 60.0 | 58.0 | |
Vengriya | 19.8 | 26.6 | 29.2 | |
Qozogʻiston | 17.0 | 22.6 | 27.5 | |
Kosova | 54.1 | 64.2 | 64.6 | |
Qirgʻiziston Respublikasi | 27.4 | 33.2 | 35.1 | |
Moldova | 77.2 | 92.9 | 94.3 | |
Chernogoriya | 48.8 | 59.1 | 59.8 | |
Shimoliy Makedoniya | 46.0 | 54.4 | 56.0 | |
Polsha | 37.6 | 45.1 | 47.7 | |
Ruminiya | 13.9 | 20.5 | 22.9 | |
Rossiya Federatsiyasi | 52.9 | 59.6 | 58.5 | |
Serbiya | 45.2 | 51.0 | 49.2 | |
Tojikiston | 32.5 | 40.3 | 40.6 | |
Turkiya | 50.4 | 62.0 | 58.9 | |
Oʻzbekiston | 29.3 | 34.7 | 38.3 |
Manba: Jahon banki
D= daraja; P = prognoz.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

