| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓

Davlat tomonidan tartibga solish

781 ta material

Siyosat

Xotin-qizlarning tadbirkorlik bilan shugʻullanishlari uchun soddalashtirilgan kreditlar ajratiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14 iyul kuni yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish, ularni daromad manbai bilan taʼminlash masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Yigʻilishda jahon bankining 2 million dollar mablagʻi doirasida 15 ming nafar ayolning bandligini taʼminlash loyihalarini jadallashtirish muhimligi taʼkidlandi.

Siyosat

Prezident topshirigʻi: Test topshirish jarayoni qayta koʻrib chiqiladi

Shavkat Mirziyoyev Sogʻliqni saqlash vaziriga bir kun muddatda amaldagi test-tahlil topshirish jarayonini qayta koʻrib chiqib, aholi uchun qulay tizimni ishlab chiqishni buyurdi.

Siyosat

Ayrim qarorlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, eksport qiluvchilarning avtomobil, havo va temir yoʻl transportida eksportga tashish, shuningdek, garov sifatida sugʻurta xizmatlaridan foydalanganda sugʻurta mukofoti toʻlanadi.

Siyosat

Suv omborlari, sel-suv omborlari obʼyektlarining xavfsizligini taʼminlash konsepsiyasi ishlab chiqildi

“Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga moʻljallangan konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

Iqtisodiyot va biznes

1 avgustdan yana qator soliq imtiyozlari bekor qilinadi

5 yil muddatga – yuridik shaxslar tijorat banklarining depozitlariga va qimmatli qarz qogʻozlariga 1 yildan ortiq muddatga joylashtirishdan olinadigan foizli daromadlari boʻyicha soliqqa tortishdan ozod etiladi.

Iqtisodiyot va biznes

Markaziy bank uy-joy xarid qilishda subsidiya olish boʻyicha qaror qancha muddatga amal qilishi boʻyicha maʼlumot berdi

Subsidiyalar bir oilaga (oila aʼzolarining bittasiga) faqat 1 marta beriladi.

Siyosat

Yoshlar ittifoqi rahbari Alisher Saʼdullayev yangi lavozimga tayinlandi

Alisher Saʼdullayev Prezidentning yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.

Siyosat

Moliya vaziri va Statistika qoʻmitasi raisiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Prezidentning 9 iyuldagi qarori bilan bir qancha tayinlovlar amalga oshirildi.

Siyosat

Prezidentning ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi PF–5177-son Farmoniga jismoniy shaxslar chet el valyutasini tijorat banklari orqali erkin sotishi va sotib olishi hamda sotib olingan mablagʻlarni hech qanday cheklovlarsiz tasarruf etishi mumkinligi haqidagi norma kiritildi.

Iqtisodiyot va biznes

“UzAvto” brendidan foydalanish huquqiga ega boʻladigan MChJ shaklidagi boshqaruv kompaniyalari tashkil etiladi

8 iyul kuni tasdiqlangan Hukumat qaroriga koʻra, 2019 yil yakunlariga koʻra, "Oʻzavtosanoat" AJ aksiyalari boʻyicha dividendlarni sof foydaning 30 foizi miqdorida hisoblash va toʻlash muddati penya hamda foizlar hisoblanmasdan 2020 yil 31 dekabrgacha etib belgilandi.

Siyosat

Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

Hokimliklarning litsenziyalash va ruxsat berishga oid bir qancha vakolatlari boshqa davlat organlariga oʻtkazildi.

Jamiyat

Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar roʻyxati tasdiqlandi

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar roʻyxati tasdiqlandi.

COVID-19

COVID-19 karantin cheklovlari: jahondagi vaziyat

"Markazimiz tomonidan 165 davlat tajribasi, pandemiya davrida qoʻllagan choralari oʻrganildi. Har bir davlatning oʻz iqtisodiyotidan kelib chiqqan modellari bor. Oʻzbekiston tadbirkorlarga toʻgʻridan-toʻgʻri moddiy yordam koʻrinishida emas, kredit toʻlovlarini kechiktirish, soliq imtiyozlari koʻrinishida koʻmak koʻrsatdi", - Umid Abidxadjayev, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktorining oʻrinbosari.

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev oʻzbekistonliklarga murojaat qildi

Bugungi murakkab vaziyatda barchamiz “Oʻz sogʻligʻingni, oʻz bolangni, oʻz oilangni oʻzing asra!” degan shiorga amal qilib yashashimiz shart. Ayni vaqtda hayotimizni normal izga solish, iqtisodiyotimizni tiklash uchun pandemiya sharoitida yashash va mehnat qilishga oʻrganishimiz, barcha ehtiyot choralarini koʻrgan holda, bu borada boshlagan ishlarimizni temir intizom bilan davom ettirishimiz kerak.

Iqtisodiyot va biznes

Osiyo Taraqqiyot Banki Oʻzbekistonga 500 mln dollar imtiyozli kredit ajratdi

OTB Direktorlar Kengashi Oʻzbekiston Respublikasiga 500 mln. AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablagʻlarini ajratish boʻyicha qarorni bir ovozdan maʼqulladi.

Jamiyat

Navoi viloyatida tadbirkorlarning 3 mlrd soʻm puli undirib berildi

Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan vazirlik va markaziy idoralar, hududiy sektorlar, sud organlari rahbarlarini jalb etgan holda Navoiy viloyatining Uchquduq, Karmana, Navbahor va Qiziltepa tumanlarida sayyor qabullar tashkil etildi.

Siyosat

Prezident topshirigʻi: Markaziy bank tijorat banklariga aholi omonatlarini jalb etish boʻyicha qoʻshimcha takliflar ishlab chiqadi

Aholining jamgʻarma va muddatli depozitlari ulushi yirik banklarda oʻrtacha 5 foizni tashkil etadi, xolos. Shu munosabat bilan Prezident Markaziy bankka tijorat banklariga aholi omonatlarini jalb etish boʻyicha qoʻshimcha takliflar ishlab chiqish topshirigʻini berdi.

Siyosat

Prezident bank tizimida korrupsiyaga barham berish masalasiga alohida eʼtibor qaratdi

Shavkat Mirziyoyev barcha tijorat banklari raislari korrupsiyaga chek qoʻyish, komplayens-nazorat kabi taʼsirchan mexanizmlarni joriy qilish boʻyicha qatʼiy choralar koʻrishi lozimligini alohida taʼkidladi.

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev banklarining transformatsiya jarayonini jadallashtirish boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi

Markaziy bank huzuridagi Qayta tayyorlash korporativ markazida avvalo joylardagi bank xodimlari uchun banklar transformatsiyasini tushuntirish boʻyicha oʻquv dasturlarini tashkil etiladi.

Siyosat

Tsementni “yashil yoʻlak” tizimi orqali import qilish rejalashtirilmoqda

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi sementni import asosida respublikaga “yashil yoʻlak” tizimi orqali olib kirishni taklif qildi. Taklifga koʻra, olib kirilayotgan sementni sertifikatlashtirish, laboratoriya sinovidan oʻtkazish belgilangan. Nomuvofiq sement olib kirgan tadbirkorga javobgarlik belgilanadi.

Siyosat

Oʻzbekistonda elektron hujjat qabul qilindi

Elektron tizimning joriy etilishi bir qator qulaylik va yengilliklar yaratadi.

Siyosat

Oʻzbekiston JSTga aʼzo boʻlish boʻyicha uchrashuvlarni qayta boshlaydi

Oʻzbekiston va Jahon savdo tashkiloti 7 iyuldaaʼzo boʻlish boʻyicha qoʻshma ishchi guruh majlisini videokonferensiya formatida oʻtkazadi.

Siyosat

Oʻzbekiston XMTning Yevropa va Markaziy Osiyoga bagʻishlangan mintaqaviy sammitida mehnat bozorida pandemiya taʼsiriga qarshi kurashish tajribasi bilan tanishtirdi

Oʻzbekiston tomonidan qabul qilingan inqirozga qarshi choralar XMTning pandemiyaga qarshi kurashning toʻrtta asosiy tamoyillariga toʻla mos keladi, yaʼni u iqtisodiyot va bandlikni ragʻbatlantirishga, korxonalarni, ish oʻrinlari va daromadlarni qoʻllab-quvvatlashga, ishchilarni ish joylarida himoya qilishga va ijtimoiy muloqotga qaratilgan.

Iqtisodiyot va biznes

Oʻzini oʻzi band qilish: qulay, qonuniy va xavfsiz

2020 yil 1 iyuldan boshlab Oʻzbekistonda fuqarolarning oʻzini oʻzi band qilish boʻyicha faoliyat turlarining 67 tagacha kengaytirilishi asosida roʻyxatga olish tartibi joriy etildi.

Siyosat

Hokimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha malakasi oshiriladi

Rahbar xodimlar, ayniqsa, hokimlarning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi bilim va koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ