| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi81 marta oʻqildi

Suv omborlari, sel-suv omborlari obʼyektlarining xavfsizligini taʼminlash konsepsiyasi ishlab chiqildi

“Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga moʻljallangan konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

Suv omborlari, sel-suv omborlari obʼyektlarining xavfsizligini taʼminlash konsepsiyasi ishlab chiqildi

Farmon bilan Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga moʻljallangan konsepsiyasi tasdiqlandi.

Suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xoʻjaligi obʼyektlarining xavfsizligini hamda ishonchli ishlashini taʼminlash Konsepsiyaning ustuvor yoʻnalishlaridan biri etib belgilandi.

Farmonga koʻra, 2030 yilga qadar quyidagi koʻrsatkichlarga erishish nazarda tutilgan:

  • sugʻorish tizimlarining foydali ish koeffitsiyentini 0,63 dan 0,73 gacha oshirish;

  • suv taʼminoti past darajada boʻlgan sugʻoriladigan yer maydonlarini 560 ming gektardan 190 ming gektargacha kamaytirish;

  • shoʻrlangan sugʻoriladigan yer maydonlarini 226 ming gektarga kamaytirish;

  • Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalarining yillik elektr energiyasi isteʼmolini 25 foizga kamaytirish;

  • barcha irrigatsiya tizimi obʼyektlariga “Smart Water” (“Aqlli suv”) suv oʻlchash va nazorat qilish qurilmalari oʻrnatilib, suv hisobini yuritishda raqamli texnologiyalarni joriy etish;

  • 100 ta yirik suv xoʻjaligi obʼyektlarida suvni boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish;

  • qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishda suvni tejaydigan texnologiyalar bilan qamrab olingan yerlarning umumiy maydonini 2 million gektargacha, shu jumladan, tomchilab sugʻorish texnologiyasini 600 ming gektargacha yetkazish;

  • suv xoʻjaligida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida 50 ta loyihani amalga oshirish.

Farmonda nazarda tutilgan vazifalarning toʻliq va oʻz muddatida bajarilishini taʼminlash maqsadida Suv xoʻjaligi tizimida masʼul boshqarma tashkil etiladi.

Klasterlarga oʻz balansidagi qishloq xoʻjaligi ekin yerlarida joylashgan suv xoʻjaligi obʼyektlarini boshqarish yoʻnalishidagi Suv xoʻjaligi vazirligining funksiyalarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida oʻtkazish toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, Farmon bilan konsepsiyada belgilangan vazifalarni 2020-2022 yillarda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xarita”si tasdiqlandi.

Unga muvofiq, suv resurslarini boshqarish, suvdan samarali foydalanish va suvni isteʼmol qilish boʻyicha samarali mexanizmlarni joriy etish maqsadida Suv kodeksi ishlab chiqiladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ