| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi483 marta oʻqildi

Markaziy bank uy-joy xarid qilishda subsidiya olish boʻyicha qaror qancha muddatga amal qilishi boʻyicha maʼlumot berdi

Subsidiyalar bir oilaga (oila aʼzolarining bittasiga) faqat 1 marta beriladi.

Markaziy bank uy-joy xarid qilishda subsidiya olish boʻyicha qaror qancha muddatga amal qilishi boʻyicha maʼlumot berdi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 martdagi "Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 182-sonli qaroriga asosan uy-joy sotib olish uchun subsidiya taqdim etish toʻgʻrisidagi xabarnoma kalendar yil yakuniga qadar amal qiladi. Subsidiyalar bir oilaga (oila aʼzolarining bittasiga) faqat 1 marta beriladi.

Shuningdek, ijtimoiy mezonlar boʻyicha baholash natijalariga koʻra, 30 va undan yuqori ball toʻplagan, lekin joriy yil uchun belgilangan subsidiyalar soni tugaganligi sababli subsidiya olish imkoniyatiga ega boʻlmagan talabgorlar keyingi yil uchun subsidiya oluvchilar roʻyxatiga avtomatik tarzda kiritiladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ