| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi95 marta oʻqildi

Shavkat Mirziyoyev banklarining transformatsiya jarayonini jadallashtirish boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi

Markaziy bank huzuridagi Qayta tayyorlash korporativ markazida avvalo joylardagi bank xodimlari uchun banklar transformatsiyasini tushuntirish boʻyicha oʻquv dasturlarini tashkil etiladi.

Shavkat Mirziyoyev banklarining transformatsiya jarayonini jadallashtirish boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 6 iyul kuni, bank aktivlarida xususiy sektor ulushini 15 foizdan 60 foizga oshirishga qaratilgan 2020-2025 yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish strategiyasini amalga oshirish hamda mamlakat tijorat banklarining transformatsiya jarayonini jadallashtirish boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.

Tadbirda ushbu maqsadga erishish uchun qator muhim masalalarni hal qilish lozimligi taʼkidlandi. Birinchi navbatda banklar transformatsiyasi jarayonini faollashtirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

Hozirda 6 ta tijorat banki – “Ipotekabank”, “Sanoatqurilishbank”, “Turonbank”, “Asakabank”, “Aloqabank” va “Agrobank” moliyaviy diagnostika, istiqbolli strategiyalarni ishlab chiqish va xususiylashtirish masalalari boʻyicha xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni boshlagan. Biroq, boshqa banklarni transformatsiya qilish ishlari yetarli darajada faol olib borilmayapti, dedi davlatimiz rahbari.

Bu kamchilikni bartaraf etish uchun banklar faoliyatiga xos boʻlmagan funksiyalarni xatlovdan oʻtkazish, Markaziy bank huzuridagi Qayta tayyorlash korporativ markazida avvalo joylardagi bank xodimlari uchun banklar transformatsiyasini tushuntirish boʻyicha oʻquv dasturlarini tashkil etish topshirildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ