| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi513 marta oʻqildi

Oʻzini oʻzi band qilish: qulay, qonuniy va xavfsiz

2020 yil 1 iyuldan boshlab Oʻzbekistonda fuqarolarning oʻzini oʻzi band qilish boʻyicha faoliyat turlarining 67 tagacha kengaytirilishi asosida roʻyxatga olish tartibi joriy etildi.

Oʻzini oʻzi band qilish: qulay, qonuniy va xavfsiz

Oʻzini oʻzi band qilganlar – bu xizmatlar koʻrsatishda mustaqil ravishda shaxsiy mehnati bilan ishtirok etadigan, mehnat daromadini olish uchun ish olib boruvchi shaxslar. Bunda ular yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatga olinmaydi va yollanma xodimlar mehnatidan foydalanmaydi. Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga mehnat guvohnomasi beriladi

Faoliyat turlari ushbu havolada keltirilgan.

Oʻzini oʻzi band qiladiganlar rasman roʻyxatdan oʻtgandan soʻng, qonuniy ravishda ishlashlari, shuningdek, mijozlardan qabul qilingan barcha buyurtmalarni rasmiylashtirish va saqlashi mumkin. Maʼlumotlar bazasida har bir buyurtma uchun ishlarning soni va qiymati, shuningdek, mijozning telefon raqami toʻgʻrisidagi maʼlumotlar saqlanadi. Buyurtma asosida chek shakllantirish va uni mijozga yuborish imkoniyati mavjud.

Oʻzini oʻzi band qilganlar har oy yakuni boʻyicha buyurtma asosida olingan daromadlari va xarajatlari hisobini yuritishi va ijtimoiy soligʻini hisoblashi mumkin. Istalgan vaqt oraligʻi uchun daromadlar va xarajatlar haqidagi toʻliq maʼlumotlar birgina tugmani bosish orqali shakllantiriladi.

Oʻzbekiston Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 3 bandiga asosan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar 2020 yil uchun ijtimoiy soliqni bazaviy hisoblash miqdorining kamida 50 foizi hajmida toʻlaydi. Ushbu summa toʻliqligicha byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi. Soliqlarni toʻlash masofadan turib, mobil ilova yoki har qanday elektron toʻlov tizimi orqali amalga oshiriladi. Bu jismoniy shaxslar uchun soliq toʻlash jarayoniga oʻxshaydi. Endi soliq majburiyatlarini soliq organlariga tashrif buyurmasdan bajarish mumkin.

Hozirgi vaqtda oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar uchun xizmat turlari va imkoniyatlar kengaymoqda. Bir qator muhim funksiyalar va qulayliklar ishlab chiqilmoqda. Misol uchun, xizmatlarni mashhur elektron maydonchalarda reklama qilish, koʻrsatilgan xizmat uchun toʻlovlarni qabul qilish (P2P) imkoniyatlari yaratilmoqda. Mijozlar bazasi bilan aloqa oʻrnatish iseʼmolchilar tomonidan berilgan baho va fikr mulohazalarni koʻrish imkonini beradi. Mobil ilovaning Android versiyasi bilan bir qatorda iOS versiyasi ham yaratilmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ