Prezident topshirigʻi: Markaziy bank tijorat banklariga aholi omonatlarini jalb etish boʻyicha qoʻshimcha takliflar ishlab chiqadi
Aholining jamgʻarma va muddatli depozitlari ulushi yirik banklarda oʻrtacha 5 foizni tashkil etadi, xolos. Shu munosabat bilan Prezident Markaziy bankka tijorat banklariga aholi omonatlarini jalb etish boʻyicha qoʻshimcha takliflar ishlab chiqish topshirigʻini berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 6 iyul kuni, bank aktivlarida xususiy sektor ulushini 15 foizdan 60 foizga oshirishga qaratilgan 2020-2025 yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish strategiyasini amalga oshirish hamda mamlakat tijorat banklarining transformatsiya jarayonini jadallashtirish boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.

Prezident bank tizimida korrupsiyaga barham berish masalasiga alohida eʼtibor qaratdi
Yigʻilishda davlat aktivlari bor tijorat banklarida hukumatdan olingan mablagʻlar hissasi hamon yuqoriligi tanqid qilindi.
Xususan, bunday kreditlar ulushi Qishloq qurilish bankda 41 foizni, Ipoteka bankda 32 foizni tashkil etadi. Oʻtgan yili banklarga davlat kafolati ostida qariyb 600 million dollarlik kredit liniyalari jalb qilingan boʻlsa, joriy yilda bu koʻrsatkich 570 million dollarni tashkil qiladi. Shu bilan bir qatorda, aholining jamgʻarma va muddatli depozitlari ulushi yirik banklarda oʻrtacha 5 foizni tashkil etadi, xolos. Shu munosabat bilan Markaziy bankka tijorat banklariga aholi omonatlarini jalb etish boʻyicha qoʻshimcha takliflar ishlab chiqish topshirigʻi berildi.
Prezidentimiz banklar moliyaviy resurslarni davlat yordami va koʻmagisiz, mustaqil jalb qilishlari zarurligini qayd etdi.
Yigʻilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan Markaziy bank va tijorat banklari rahbarlari axborot berdi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

