| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi95 marta oʻqildi

Oʻzbekistonda elektron hujjat qabul qilindi

Elektron tizimning joriy etilishi bir qator qulaylik va yengilliklar yaratadi.

Oʻzbekistonda elektron hujjat qabul qilindi

Oʻzbekiston tarixida ilk elektron hujjat qabul qilindi va Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Mazkur hujjat sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan tasdiqlangan boʻlib, unga asosan tibbiyot xodimlari tomonidan bemorlarga retsept yozishda dori vositalarining savdo nomini emas, balki uning tarkibidagi taʼsir qiluvchi moddalarni yozish talab etiladi. Bu esa fuqarolarga tarkibi bir xil boʻlgan dori vositalarini oʻzlarining xohishiga asosan sotib olishlariga imkoniyat yaratadi, shuningdek, tibbiyot xodimlari oʻrtasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan korrupsiya holatlari, tibbiyot xodimlari va farmatsevtika kompaniyalari oʻrtasidagi noqonuniy kelishuvlarning oldini olishga xizmat qiladi.

Elektron tizimning joriy etilishi bir qator qulaylik va yengilliklar yaratadi:

– Adliya vazirligiga kiritilayotgan hujjat qogʻoz shaklida berilmaydi

va muhr bilan tasdiqlanmaydi;

– vazirlik va idoralar bilan kelishish uchun elektron raqamli imzodan foydalaniladi;

– hujjatlar bir vaqtning oʻzida jamoatchilik muhokamasidan oʻtkaziladi;

– hujjatlarni qabul qilish uchun alohida adliya vazirining buyrugʻi qabul qilinmaydi, ular unikal raqam berilgan holda elektron davlat reyestriga kiritiladi hamda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi;

– davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan hujjatlar avtomatik ravishda Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida (www.lex.uz) chop etiladi.

Bir soʻz bilan aytganda, hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish va davlat roʻyxatidan oʻtkazishning elektron tizimiga oʻtish «Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirilgan muhim qadamlardan biri boʻlib, davlat organlari va tashkilotlari oʻrtasida qogʻozsiz hujjat almashinuvini kengaytirish, byurokratiyani qisqartirish, bu sohada raqamli texnologiyalarni joriy etish va meʼyoriy hujjatlar qabul qilish jarayonini shaffof hamda tez amalga oshirishga xizmat qiladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ