| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 987,89 −2,65 ↓EUR/UZS 13 114,75 −22,09 ↓RUB/UZS 145,41 −0,83 ↓

Davlat tomonidan tartibga solish

781 ta material

Jamiyat

Masofaviy ishlashga oʻtkazish tartibi tasdiqlandi. Bu huquqdan birinchi boʻlib qaysi xodimlar foydalanadi?

Masofaviy ishlash usuliga oʻtkazilgan xodimlarning mehnat taʼtili, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boʻyicha nafaqa olish hamda qonun hujjatlari va jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boshqa huquqlari saqlab qolinadi.

Jamiyat

Qanday avtomobillarning koʻchalarda harakatlanishiga ruxsat beriladi?

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan koʻchalarda harakatlanishi uchun baʼzi avtotransport vositalariga maxsus ruxsatnoma talab etilmaydi.

Iqtisodiyot va biznes

UzAuto Motors Qozogʻistonda oʻz avtomobillarini yigʻishni boshladi

Oʻzbekiston va Qozogʻiston hukumat rahbarlari Qozogʻistonda Chevrolet brendi ostida UzAuto Motors avtomobillari ishlab chiqarilishiga start berdi. Dastlabki bosqichda ishlab chiqarish hajmi yiliga 26 ming transport vositasini tashkil qiladi, kelgusida uni 100 ming dona avtomobilga yetkazish koʻzda tutilgan.

Jamiyat

Oʻzbekistondagi barcha aeroportlar yopiladi, aviaqatnovlar butunlay toʻxtatiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga muvofiq, Oʻzbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan, bir qator cheklovlar oʻrnatilib, muayyan choralar koʻrilmoqda.

Siyosat

Oʻzbekiston Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga aylantiriladi

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi sifatida qayta tashkil etilishi maʼlum qilindi.

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev: Davlat mulki obʼyektlari boʻyicha ijara haqlarini undirish toʻxtatiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 26 mart kuni koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishni kuchaytirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida davlatimiz rahbari biznes vakillarining fikrini inobatga olgan holda, ularga yana qoʻshimcha yengilliklar berish zarurligini taʼkidladi.

Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston ahliga yana bir bor murojaat qildi

Xalqimiz jipslashib, shifokorlarning barcha tavsiyasi, koʻrsatmalariga amal qilsalar, odamlarimiz karantin davrida hayotiy zaruratsiz oʻz xonadonlarini tark etmasa, kasallikning ilk belgilari aniqlanganda uni yashirmay shifokorlarga oʻz vaqtida murojaat qilsa, biz bu kasallikni, albatta, yengamiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Siyosat

Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida​

Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida​" Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori imzolandi.

Iqtisodiyot va biznes

Oʻzbekiston biznes “fors-major” rejimiga oʻtmoqda

Koronavirus pandemiyasi va global inqirozning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish uchun vazirlikka tadbirkorlik subʼyektlarining talablariga binoan yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari sertifikatlarini berish topshirilgan.

Siyosat

Prokurorning roziligi bilan advokatning telefon soʻzlashuvlarini eshitishga ruxsat beriladi

Prokurorning roziligi bilan advokatning telefonlari va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali amalga oshiriladigan soʻzlashuvlari, uzatiladigan xabarlari va maʼlumotlarini nazorat qilish mumkin.

Siyosat

Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

2020 yil 23 mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilindi.

Jamiyat

Karantin vaqtida internet va telefon aloqasi uchun toʻlovlar kechiksa uzib qoʻyilmaydi

23 mart kuni imzolangan “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarorida Internet va telefon aloqasi uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirmaganlik uchun oʻchirib qoʻyilmasligi keltirilgan. Shuningdek, xodimlarning mehnat taʼtiliga chiqarish belgilangan.

Jamiyat

Karantin vaqtida Toshkent shahriga kimlarning kirishlari uchun ruxsat beriladi

Oʻzbekiston hududida 2020 yil 24 mart soat 00:01 dan koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etiladi. Bu haqda 23 mart kuni “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Jamiyat

Koronavirusga qarshi kurashda yordam berish maqsadida fond tashkil qilindi

Xalqaro press-klub "COVID-19"ga qarshi butun dunyoda olib borilayotgan kurash tahliliga bagʻishlangan sessiyada Senat raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev hukumatga moddiy yordam berish maqsadida fond tashkil qilingani haqida xabar berdi.

Jamiyat

Faqulotda holat davrida qanday choralar koʻriladi?

Oʻzbekistonda "COVID-19" koronavirus infeksiyasining respublika hududida tarqalishini oldini olish maqsadida karantin eʼlon qilindi. Favqulotda holat davrida bir qancha ehtiyot choralari koʻriladi. Koʻrilgan choralarga toʻsqinlik qilganlar qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Mulohaza

Koronavirus jahon iqtisodiyotiga taʼsir qiladi(mi)?

Iqtisodchi ekspertlarning fikricha, koronavirus tufayli toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish qiyinlashishi mumkin. Buning oldini olish va milliy fond bozori barqarorligini saqlab turish uchun ichki isteʼmolni taʼminlash lozim boʻladi.

Jamiyat

Tibbiyot niqobini ishlab chiqarish uchun litsenziya talab etilmaydi

Aholining salomatligini muhofaza qilish uchun shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlash va tibbiyot niqobi taqchilligini oldini olish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga keng imkoniyat yaratish maqsadida tibbiyot niqobini ishlab chiqarish uchun litsenziya kerak boʻlmaydi.

Jamiyat

Prezident Oʻzbekiston fuqarolarini mamlakatga qaytarish boʻyicha koʻrsatma berdi

160 dan ortiq mamlakatga tarqalgan koronavirus infeksiyasi tufayli Oʻzbekiston hukumati oʻz fuqarolarini mamlakatga olib kelish uchun charter reyslarni amalga oshiradi. Oʻzbekiston fuqarolarini mamlakatga olib kelish 21 martdan amalga oshiriladi.

Siyosat

Prezident koronavirusning iqtisodiyotga salbiy taʼsiri va global inqirozni yumshatish boʻyicha Farmon imzoladi

Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni imzolandi.

Iqtisodiyot va biznes

1 yanvarga qadar tadbirkorlik subʼyektlari faoliyatida soliq auditi oʻtkazish toʻxtatiladi

2021 yil 1 yanvarga qadar tadbirkorlik subʼyektlari faoliyatida soliq auditi oʻtkazish toʻxtatiladi, jinoyat ishlari doirasidagi va yuridik shaxslarning tugatilishi munosabati bilan oʻtkaziladigan soliq auditi bundan mustasno.

Iqtisodiyot va biznes

Ayrim faoliyat tarmoqlariga olti oylik imtiyoz beriladi

Prezident Farmoniga koʻra, 2020 yil 1 aprelidan 1 oktyabriga qadar ayrim faoliyat tarmoqlari uchun soliq yuklaridan imtiyozlar beriladi.

Siyosat

Inqirozga qarshi jamgʻarma tuzildi

Prezident Farmoni bilan Moliya vazirligi huzurida Inqirozga qarshi jamgʻarma tuzildi.

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev inqirozga qarshi choralarni eʼlon qildi

Prezident tomonidan masʼul tashkilotlarga koronavirus taʼsiri eng yuqori boʻlgan iqtisodiyot tarmoqlariga soliq taʼtillari va kredit qarzlari boʻyicha imtiyozlar berish, byudjet ssudalari ajratish yuzasidan vazifalar berildi.

Siyosat

Prezident koronavirus bilan bogʻliq vaziyat boʻyicha xalqqa murojaat qildi

"Mamlakatimizda yetarli darajada zaxira mavjud, xavotir yoki vahimaga tushishga hech qanday asos yoʻq. Ammo koʻpga kelgan bu baloga qarshi hammamiz birgalikda, bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishimiz lozim", dedi Shavkat Mirziyoyev.

Siyosat

"Raqamli iqtisodiyot" boʻyicha yana bir muhim hujjat imzolandi

Hujjatga koʻra, “Raqamli Toshkent” kompleks dasturining asosiy vazifasi etib shahar xizmatlarini boshqarish, ijtimoiy soha obʼyektlari, ishlab chiqarish, yoʻl transport va kommunal infratuzilmaning integratsiyalashgan axborot muhitini yaratish va keyinchalik muvaffaqiyatli tajribani respublikaning boshqa hududlarida tatbiq etish belgilandi.

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ