Prokurorning roziligi bilan advokatning telefon soʻzlashuvlarini eshitishga ruxsat beriladi
Prokurorning roziligi bilan advokatning telefonlari va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali amalga oshiriladigan soʻzlashuvlari, uzatiladigan xabarlari va maʼlumotlarini nazorat qilish mumkin.

24 mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining uchinchi yalpi majlisi oʻz ishini boshlagan edi.
Mazkur yalpi majlisda senat aʼzolari tomonidan “Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklarini muhofaza qilishga qaratilgan qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni koʻrib chiqildi.
Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2 ta qonuni va 1 ta kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi 5 moddadan iborat.
Jumladan, tezkor-qidiruv tadbirlarining yangi turlari joriy etilishi munosabati bilan “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish kiritilib, unda prokurorning roziligi bilan advokatning telefonlari va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali amalga oshiriladigan soʻzlashuvlari, uzatiladigan xabarlari va maʼlumotlarini nazorat qilish belgilangan. Shuningdek, Qonunda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan boshqa normalar ham nazarda tutilmoqda.
Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

