Davlat tomonidan tartibga solish
781 ta material

Shavkat Mirziyoyev: Biz karantinni qachon bekor qilishni xalqimiz bilan bamaslahat koʻrib chiqamiz
Taʼkidlash kerakki, pandemiya va karantin bilan bogʻliq mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, xalqimiz tushkunlik va sarosimaga tushgani yoʻq. Albatta, biz yaxshi tushunamiz, uyda oʻtirish oson ish emas, lekin biz ayni paytda elimizning sogʻligʻini va hayotini saqlab qolish uchun eng maqbul vosita sifatida shu tavsiyaga amal qilishga majburmiz, dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

YEOII bilan hamkorlik mulohazalari: Hukumat aʼzolari ushbu masalada deputatlar savollariga qanday javob qaytardi?
Oʻzbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi qay koʻrinishda boʻlishi manfaatli boʻladi? Xalq vakillari boʻlmish deputatlar va senatorlar keyingi oylarda parlament palatalarida mazkur masalani atroflicha, chuqur muhokama qilib, oʻz zimmalariga masʼuliyatni olgan holda, asoslangan xulosalarini aytishlari lozimligini amaliy ishlari bilan koʻrsatmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiy tilli davlatlar Hamkorlik kengashining navbatdan tashqari sammitidagi nutqi
Shu bilan birga, bu kurash maydonida birinchi zarbani oʻziga qabul qilayotgan, fidoyi va jonkuyar tibbiyot xodimlarini har tomonlama ragʻbatlantirish, ularning ijtimoiy himoyasini taʼminlash kafolatlari kuchaytirildi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident oziq-ovqat zaxirasini hisob-kitob qilishni buyurdi
Shavkat Mirziyoyev 10 aprel kuni oʻtkazilgan videoselektorda pandemiya davrida oziq-ovqat tanqisligini oldini olish maqsadida, barcha sektor rahbarlariga oʻz hududidagi oziq-ovqat zaxirasini hisob-kitob qilishni va ichki imkoniyatlarini kengaytirib borishi kerakligini aytdi.

Shavkat Mirziyoyev ayni vaziyatda uyda oʻtirgan fuqarolarga va oʻz burchini matonat bilan bajarayotgan shifokorlarga minnatdorchilik bildirdi
Vatanimizda yashayotgan hech bir inson, hech bir oila davlatimiz va jamiyatimizning eʼtibori va gʻamxoʻrligidan chetda qolmasligi kerak. Sabr-toqat bilan uyida va karantin maskanlarida oʻtirgan barcha fuqarolarimizga, shuningdek, oʻz burchini mardlik va matonat bilan bajarayotgan shifokorlarimizga chuqur minnatdorchiligimni bildiraman, dedi Prezident.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining barcha taklif va tashabbuslari Boku deklaratsiyasiga kiritildi
10 aprel kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda hamkorlikni kuchaytirish va saʼy-harakatlarni birlashtirish uchun videoanjuman tarzida oʻtkazilgan navbatdan tashqari sammitida Shavkat Mirziyovning barcha taklif va tashabbuslari Boku deklaratsiyasida oʻz aksini topdi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining navbatdan tashqari sammitida ishtirok etadi
Videoanjumanda tomonlar koronavirus pandemiyasi tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik borasida amalga oshirilayotgan birinchi navbatdagi chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashadilar.

Oʻzbekistonda rasmiy nishonlanadigan bayramlar soni bittaga koʻpaydi
10 aprel kuni Prezident tomonidan “Oʻzbek tili bayrami kunini belgilash toʻgʻrisida” Qonun imzolandi. Oʻzbekistonliklar uchun rasmiy dam olish bayrami yana bir kunga koʻpaydi.

Oʻzbekiston Prezidenti Adminstratsiyasi tadbirkorlar murojaati uchun Help Business telegram botini ishga tushirdi
Tadbirkorlar karantin davrida iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatining barqarorligini taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari loyihasiga oʻz takliflarini kiritishlari mumkin.

Korxonalarga ish haqi toʻlash uchun kreditlar ajratiladi
9 aprel kuni Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan oʻtkazilgan yigʻilishda Banklar faoliyatining barqarorligini taʼminlash masalalari koʻrib chiqildi.

Avtomobillar harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnoma berish toʻxtatildi
Maxsus komissiyasining 2020 yil 8 apreldagi qaroriga asosan, 2020 yil 9 apreldan boshlab avtotransport vositalari harakatlanishiga davlat xizmatlari markazlari tomonidan maxsus ruxsatnoma berish toʻxtatildi.

Oʻzbekistonda 6,76 milliard soʻmdan ziyod soliqlarni toʻlash muddati keyinga qoldirildi
Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida iqtisodiy barqarorlikni va sohalarning uzluksiz ishlashini taʼminlash, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida bir qator soliq imtiyozlari joriy etildi.

Pandemiya sharoitida ish beruvchining xodimlar oldidagi majburiyatlari nimalardan iborat?
Saqlanib qolayotgan mehnat sharoitlarida ish haqini kamaytirish yoki uning toʻlanilishini kechiktirishga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Mehnat shartnomasining bekor qilinishida xodimga foydalanilmagan asosiy va qoʻshimcha taʼtillar uchun kompensatsiya, shuningdek, ishdan boʻshatish nafaqasini toʻlashdan, qachonki MK bunday majburiyatni ish beruvchiga yuklaganda bosh tortish noqonuniydir, deydi Mehnat kodeksi mualliflaridan biri Mixail Gasanov.

Toshkent shahriga doimiy propiskaga qoʻyish toʻgʻrisida qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda
Vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish muddati uy-joy egasining roziligi asosida 1 yildan 5 yilgacha uzaytirilmoqda.

Alisher Usmonov koronavirusga qarshi dori topilsa, Oʻzbekistonga oʻzi pulini toʻlab olib kelmoqchi
Shavkat Mirziyoyev 3 mart kuni boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida Alisher Usmonovning Oʻzbekistonga koʻrsatayotgani yordami haqida toʻxtalib oʻtdi.

Shavkat Mirziyoyev: birorta ham tadbirkorni oʻz holiga tashlab qoʻymaymiz
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 3 aprel kuni koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozga qarshi kurashish sharoitida tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subʼyektlarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
"Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subʼyektlarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" Prezident farmoni imzonlandi.

Shavkat Mirziyoyev: Iqtisodiyotimizni, tadbirkorlarni faol qoʻllab-quvvatlash uchun yana bir muhim farmonga imzo chekdim
"Men bugun mana shunday qiyin vaziyatda iqtisodiyotimizni, tadbirkorlarni faol qoʻllab-quvvatlash uchun yana bir muhim farmonga imzo chekdim. Qanchalik murakkab boʻlmasin, byudjetdan katta xarajatlarni talab etmasin, qoʻshimcha choralarni koʻrishga qaror qildim", dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bryus Panniyer: Shavkat Mirziyoyev ayni tang vaziyatda mintaqada yana liderlikni oʻz qoʻliga oldi
"Markaziy Osiyo mamlakatlari doirasida faol harakat qilayotgan bitta siyosatchi boʻlsa, u ham Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevdir", deydi Markaziy Osiyo masalalari boʻyicha ekspert Bryus Panniyer

“Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan oʻzgarishlar nimalardan iborat?
Qonunga koʻra, mikroqarz banklar va mikrokredit tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxs boʻlgan qarz oluvchiga 50 million soʻmdan oshmaydigan mutlaq qiymatda qarz beriladi.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 10 million soʻm mukofot beriladi
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni imzolandi. Farmonga koʻra, fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaning 75 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy ragʻbatlantiriladi.

Yolgʻiz qariyalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va kam taʼminlangan oilalar ijtimoiy himoyasi kuchaytiriladi
Shavkat Mirziyoyev yolgʻiz qariyalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va kam taʼminlangan oilalar ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, oziq-ovqat, dori-darmon mahsulotlarini koʻpaytirish va narxlari oshishiga yoʻl qoʻymaslik haqida masʼullarga topshiriq berdi.

Markaziy bank koronavirus pandemiyasi oqibatida tijorat banklari tomonidan kreditlarning toʻlov muddatlarini uzaytirish tartibi toʻgʻrisidagi axborot berdi
Karantin davri tugagandan soʻng belgilangan muddat ichida qoʻshimcha hujjatlarni qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilmagan taqdirda kredit shartnomasiga kiritilgan oʻzgarishlar kredit tashkiloti tomonidan bekor qilinishi va dastlabki shartnoma shartlari kuchga kirishi mumkin.

Qarorlar kambagʻallik darajasiga taʼsirini baholash nuqtai nazaridan ekspertizadan oʻtkaziladi
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmlarini joriy etadi, kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha strategiya va dasturlarni ishlab chiqib, ularni amalga oshiradi.

Parlament Oʻzbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligiga oid masalani oʻrganishga kirishdi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari Akmal Saidovning maʼlum qilishicha, parlament quyi palatasi Kengashi qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish masalasi oʻrganilmoqda.
