| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi172 marta oʻqildi

“Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan oʻzgarishlar nimalardan iborat?

Qonunga koʻra, mikroqarz banklar va mikrokredit tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxs boʻlgan qarz oluvchiga 50 million soʻmdan oshmaydigan mutlaq qiymatda qarz beriladi.

“Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan oʻzgarishlar nimalardan iborat?

Mikromoliyalashtirishni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2020 yil 17 mart kuni Prezident tomonidan “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi Qonun imzolandi.

Qonunga muvofiq, “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi Qonunning 4, 5 va 6-moddalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.

Xususan, qonunning:

  • 4-moddasida, mikrokredit qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 300 million soʻm miqdoridan oshmaydigan mutlaq qiymatda berilishi;

  • 5-moddasida, mikroqarz banklar va mikrokredit tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxs boʻlgan qarz oluvchiga 50 million soʻmdan oshmaydigan mutlaq qiymatda berilishi;

  • 6-moddasida, mikrolizing tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 600 million soʻmdan oshmaydigan mutlaq qiymatda berilishi belgilandi.

Mazkur qonun respublikada aholining va tadbirkorlik subʼyektlarining mikromoliyaviy xizmatlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish, shuningdek, toʻlov qobiliyatini oshirish va ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda koʻrsatilayotgan mikromoliyaviy xizmatlar hajmining oshishiga yordam beradi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ