Davlat tomonidan tartibga solish
781 ta material

Tramp AQShga immigratsiyani vaqtinchalik toʻxtatish toʻgʻrisidagi farmon chiqardi
Bu cheklovlar AQShda doimiy yashash huquqi - grin-kartani qoʻlga kiritishni xohlaydiganlar uchun amal qiladi.

Shavkat Mirziyoyev barcha tuman va shaharlarda ishsiz qolgan hamda ehtiyojmand aholini nomma-nom aniqlash boʻyicha koʻrsatma berdi
Barcha tuman va shaharlarda ishsiz qolgan hamda ehtiyojmand aholini nomma-nom aniqlab, shakllantirilgan roʻyxatlar asosida “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati doirasidagi ishlarni manzilli yoʻlga qoʻyish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Shavkat Mirziyoyev: Mamlakatimizda karantin rejimini bosqichma-bosqich yumshatish ishlari asta-sekin boshlandi
Bugungi kunda virusdan xoli hududlardagi bir qator sanoat korxonalarida, qurilish maydonlarida, fermer va klaster xoʻjaliklarida, sanitar-epidemiologik normalarga qatʼiy amal qilgan holda, ishlar asta-sekin boshlandi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Qurilish sanoati – pandemiya sharoitida Oʻzbekiston iqtisodiyotining lokomotiviga aylanadi
Qurilish sanoati iqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish borasida katta imkoniyatlarga ega boʻlgan sohalardan biri hisoblanadi. Boisi, qurilish sohasi koʻplab sanoat tarmoqlari uchun talab yaratadi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining hisob-kitoblariga koʻra, qurilish sohasining iqtisodiyot uchun multiplikator effekti 1,8ga teng.

Toshkentdan uy sotib olish uchun propiska soʻralmaydi
21 aprel kuni imzolangan Prezident farmoniga koʻra, endilikda Toshkent shahri va viloyatidan uy sotib olish uchun propiska talab qilinmaydi.

DSQ yirik soliq toʻlovchilarga stiker beradi
Avtotransport vositasidan foydalanish uchun ruxsat beruvchi stiker olgan xodimlar mehnat daftarchasining nusxasi va ish joyidan berilgan tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlishi kerak.

Qishloq xoʻjaligi sohasini modernizatsiya qilish uchun qariyb 700 million dollarlik loyiha moliyalashtiriladi
Loyihani amalga oshirish davri 6 yilni (2020 – 2026-yillar) tashkil etib, Oʻzbekiston Respublikasining barcha viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida amalga oshiriladi.

11 mlrd soʻmdan ortiq soliqlarni toʻlash kechiktirildi
19 apreligacha mahalliy davlat hokimiyati va soliq xizmati organlarining qarorlari asosida tadbirkorlik subʼyektlarining soliqlarini toʻlash muddatlari kechiktirildi.

Shavkat Mirziyoyev karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish choralarini koʻrish boʻyicha topshiriq berdi
Shavkat Mirziyoyev 20 aprel kuni sanoat, qurilish va infratuzilma tarmoqlari korxonalarining toʻliq ishlashini taʼminlash masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazdi. Unda aholining ijtimoiy himoyasi hamda qurilish va infratuzilma tarmoqlari faoliyati masalalari muhokama qilindi.

Ramazon oyining boshlanishi nechinchi aprelga toʻgʻri kelishi maʼlum boʻldi
“Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

Yevropa Ittifoqi Oʻzbekistonga pandemiyaga qarshi kurash uchun koʻmak ajratishini maʼlum qildi
Sharl Mishel Yevropa Ittifoqi ushbu global xatarga qarshi kurashishda Oʻzbekistonga moliyaviy-texnik koʻmak ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilingani haqida xabar qildi.

TEAM universiteti tashkil etildi
“TEAM universitetini tashkil etish toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Markaziy bank: Gruziyaning “TBC Bank” aksiyadorlik tijorat bankiga litsenziya berildi
“TBC Bank” aksiyadorlik tijorat bankiga bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berildi.

Respublika maxsus komissiyasining qarori: karantin muddati uzaytirildi va yangi tartiblar kiritildi
Karantin davrida muddati tugaydigan barcha ruxsat berish xususiyatiga ega boʻlgan hujjatlar (litsenziya va ruxsatnomalar) hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarning (fuqarolik pasporti, Oʻzbekistonda yashash ruxsatnomasi), avtotransport vositalari uchun talab qilinadigan hujjatlar (sugʻurta polisi, transportni boshqarish uchun ishonchnoma, transport vositasini (qayta) roʻyxatdan oʻtkazganlikni hamda texnik koʻrikdan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlar) amal qilish muddati 2020 yil 1 iyulga qadar uzaytiriladi.

Taksilarga litsenziya berish tartibi vaqtincha toʻxtatildi
Toshkent shahrida yoʻlovchilarni shaharda yengil avtomobillarda tashish faoliyati uchun litsenziya varaqalari berish vaqtincha toʻxtatildi.

Meva-sabzavotchilik, oziq-ovqat sanoatini ragʻbatlantirish uchun 700 million dollar jalb qilinadi
Pandemiya sharoitida tadbirkorlik, kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash uchun 700 million dollar jalb qilish koʻzda tutilmoqda.

Oʻzbekistonga 15 kishilik xitoylik shifokorlar guruhi yetib keldi
17 aprel kuni Oʻzbekistonga xitoylik shifokorlar bilan birga, Xitoy Xalq Respublikasi hukumati nomidan zarur tibbiy buyumlar va dori-darmonlar vositalaridan iborat gumanitar yordam ham olib kelindi.

Zangiota tumanida “Tashkent Pharma Park” farmatsevtika klasteri qurilishi boshlandi
Zangiota tumanida jami 79 gektarlik yer maydoni ajratildi. Jami 14 ta investitsion loyiha amalga oshirish orqali mintaqada yagona zamonaviy farmatsevtika klasteri hamda 1700 dan ortiq yangi ish oʻrni yaratish koʻzda tutilgan.

Byudjet tashkilotlari xodimlariga ayrim toʻlovlar hisoblanishi toʻxtatib turiladi
Qarorga muvofiq, byudjet tashkilotlarida ishlaydigan xodimlarga 2020 yilning 16 aprelidan 1 oktyabriga qadar moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi hamda direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlovlar hisoblanishi toʻxtatib turiladi

Shavkat Mirziyoyev: Joriy yil sentyabrgacha joylarga kamida 1 000 ta paxta terish mashinasi yetkazib beriladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 16 aprel kuni kimyo, agrotexnika va avtomobil sanoati korxonalarida ishlab chiqarish surʼatlarini taʼminlash hamda yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Tashkilotlar va jamgʻarmalar uchun yagona mehnatga haq toʻlash tizimini tatbiq etiladi
Oliy Majlis palatalari, sud va prokuratura organlari, barcha vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy organlari, ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar va jamgʻarmalar uchun yagona mehnatga haq toʻlash tizimini tatbiq etish boʻyicha Prezident qarori loyihasi ishlab chiqiladi.

Ish haqi, pensiyalar, stipendiya va nafaqalar oʻz vaqtida toʻlanadi
“Koronavirus pandemiyasi davrida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti barqarorligini taʼminlash va birinchi navbatdagi tadbirlarni oʻz vaqtida moliyalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

Fuqarolar Davlat soliq qoʻmitasiga avvalgidan koʻra kamroq murojaat qilmoqda
Davlat soliq qoʻmitasining "Ishonch telefoni" va "Qoʻnhiroqlar markazi"ga aholidan kelib tushayotgan murojaatlar soni kamaygan. Respublikaning uchta viloyatidan boshqa hududlarga nisbatan koʻproq murojaat tushgan.

Bogʻ va tokzorlar, issiqxonalar aholiga 3 yillik imtiyozli davr bilan beriladi
Joriy 2020 yil qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasi vakillari uchun katta sinov va keng imkoniyatlar yili boʻldi. Shavkat Mirziyoyev tomonidan 14 aprel kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishija bogʻ va tokzorlar, issiqxonalar aholiga 3 yillik imtiyozli davr bilan, 7 yilgacha lizing asosida berilishi taʼkidlandi. "Bu yil qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasi vakillari uchun katta sinov va keng imkoniyatlar yili boʻladi", dedi Prezident.

Taksi litsenziyasiga ega avtomobillarga stiker talab etilmaydi
Adliya vazirligi Respublika maxsus komissiyasi va Maxsus shtabning 2020 yil 14 apreldagi qoʻshma yigʻilishi qaroriga asosan, Oʻzbekistonda taksi litsenziyasiga ega avtomobillarga stiker talab etilmaydigan boʻldi.
