Davlat tomonidan tartibga solish
781 ta material

Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv omboriga borib, toʻgʻonni tiklash ishlarini koʻzdan kechirdi (foto)
Sardoba suv omborida tiklash ishlari kunu tun tashkil qilingan, yuzlab qurilish va boshqa maxsus texnikalar tinimsiz ishlamoqda.

Shavkat Mirziyoyev: Bu hech kim kutmagan sinov. Sharoit yaxshi boʻlmaguncha bironta rahbar ketmaydi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatida boʻlib turibdi. Prezident oqsoqollar, mahalla raislari va nozirlariga odamlarni yigʻib, uylarga, palatkalarga joylashtirib, oziq-ovqat bilan taʼminlab, mahallama-mahalla saranjom qilishni topshirdi.

Shavkat Mirziyoyev Sardoba tumaniga yetib bordi
Sardoba suv ombori dambasidan suv chiqishi natijasida suv ombori yaqinidagi qishloqlar aholisi evakuatsiya qilinmoqda. Prezident holat bilan tanishish maqsadida Sardoba tumaniga tashrif buyurdi.

FVV Sardoba suv omboridan suv chiqishi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot berdi
Sardoba tumanidan 11598 nafar aholi evakuatsiya qilingan. Suv bosish xavfi boʻlgan “Quytosh”, “Ota yurt”, “Birlik” MFYlaridan ham aholini evakuatsiya qilish rejalashtirilmoqda. Voqea joyiga respublika hukumati rahbari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati hamda Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar boshqarmalari, Milliy gvardiya (MG) va boshqa tegishli tashkilotlar rahbarlari yetib borgan.

Shavkat Mirziyoyev joriy yilda imtihonlarni soddaroq shaklda oʻtkazish boʻyicha topshiriq berdi
2020 yildan kirish imtihonlari jami 5 ta – uchta majburiy va ikkita mutaxassislik fani boʻyicha oʻtkazilishi belgilangan edi. Lekin karantin sharoiti yoshlarning imtihonga toʻla tayyorgarlik koʻrish imkoniyatini ham chekladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev qolgan qisqa vaqtdan unumli foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida, joriy yilda imtihonlarni soddaroq shaklda oʻtkazish boʻyicha masʼullarga topshiriq berdi.

“Propiska” umuman isteʼmoldan chiqariladi, cheklovlar esa bekor boʻladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida deputatlar “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini birinchi oʻqishda qabul qildi

Respublika maxsus komissiyasining karantin choralarini yumshatish boʻyicha qarori chiqdi
30 apreldan boshlab, belgilangan vaqt oraligʻida shaxsiy va xizmat yengil avtotransport vositalari yoʻlovchilar bilan birga, shu jumladan velosiped va mototransportlarda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishga ruxsat berildi.

Shavkat Mirziyoyev: Ota-onalar hamrohligida bolalarini sayr qildirishga ruxsat berish kerak
Shahar va tumanlardagi koʻp qavatli uylarning ichki hovli va hududlarida ota-onalar hamrohligida bolalarini sayr qildirishga ruxsat berish kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Xonadonlarda mahsulotlarni saqlash uchun 20-30 tonnalik kichik hajmli muzlatkichlar quriladi
Shavkat Mirziyoyev raisligida 29 aprel kuni pandemiya davrida aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlash va narx-navo barqarorligini saqlash masalalari boʻyicha videoselektorda fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga xonadonlarda mahsulotlarni saqlash uchun 20-30 tonnalik kichik hajmli muzlatkichlar qurilishini tashkil etish vazifasi qoʻyildi.

Shavkat Mirziyoyev: Fuqarolarimiz tomonidan shaxsiy avtotransportdan foydalanishga cheklovlarni yumshatish maqsadga muvofiq
Shavkat Mirziyoyev 29 aprel kuni boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida aholi orasida kasallikka chalinish dinamikasi pasayib borayotganini inobatga olib, fuqarolarimiz tomonidan shaxsiy avtotransportdan foydalanishga cheklovlarni ham sekin-asta yumshatish maqsadga muvofiq ekanligini taʼkidladi.

ATK vazirligi raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish sohasidagi vakolatli organ deb belgilandi
“Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi. Unga koʻra, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi.

Shavkat Mirziyoyev vertolyotda Qorakoʻl va Olot tumanlaridagi holatni koʻzdan kechirdi
27 aprel kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga yetib bordi. Vertolyotda Qorakoʻl va Olot tumanlaridagi holatni koʻzdan kechirdi.

Shavkat Mirziyoyev tabiiy ofat oqibatlarini koʻzdan kechirish maqsadida Buxoroga joʻnab ketdi
Respublikamiz hududiga kirib kelgan kuchli shamol bir nechta viloyatlarning qishloq xoʻjaligi ekinlariga katta zarar yetkazgan. Shavkat Mirziyoyev zarur chora-tadbirlarni belgilash maqsadida Buxoroga viloyatiga tashrif buyuradi.

Deputatlar Oʻzbekiston YeOIIga kuzatuvchi maqomida qoʻshilishiga ovoz berdi
Yigʻilishda ishtirok etgan jami 132 nafar deputatlardan 86 nafari tarafdor (yoqlab), 32 nafari qarshi, 14 nafari esa betaraf ovoz berishdi.

Moddiy yordamning daromad soligʻi toʻlanmaydigan miqdori oshirildi
“Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik subʼyektlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

Yil yakuniga qadar oltin va kumush resurslari koʻpaytiriladi
27 aprel kuni Shavkat Mirziyoyev ishtirokida boʻlib oʻtgan geologiyada amalga oshirilayotgan ishlar tahlili va galdagi vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishda yil yakuniga qadar oltin va kumush resurslari, mis va 8 turdagi noruda boyliklari zaxiralarini koʻpaytirish zarurligi taʼkidlandi.

Uy sharoitida karantinda saqlash tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni uy sharoitida karantinga joylashtirish va saqlash vaqtinchalik tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

Partisipator byudjetlashtirish: Fuqarolarni byudjet jarayonidagi ishtirokining samarali mexanizmi
“Partisipator” soʻzi - ingliz tilida “participate” - “tashabbusli yoki faol ishtirok etish” degan maʼnoni anglatadi. Partisipator byudjetlashtirish - bu fuqarolarning tashabbuslarini hisobga olgan holda byudjet mablagʻlarining bir qismini taqsimlash va bu mablagʻlarni sarflash yoʻnalishlarini tanlash boʻyicha ularning bevosita ishtirokida qarorlarni qabul qilish, shuningdek qabul qilingan qarorlarning amalga oshirilishini kuzatish amaliyotidir.

Bir qator yoʻnalishlar faoliyatini qayta boshlash uchun ruxsat beriladi
Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi qarori bilan epidemiya sharoitida iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror ishlashini taʼminlash, aholi oʻrtasida ishsizlik oshib ketishining oldini olish hamda byudjet tushumlarini taʼminlash uchun iqtisodiyotning qator yoʻnalishlari faoliyatiga ruxsat berilmoqda.

Gʻalladan boʻshagan maydonlar vaqtincha ishsiz qolgan va koʻmakka muhtoj aholiga boʻlib beriladi
Shavkat Mirziyoyev raisligida 24 aprel kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror ishlatish, aholi bandligini taʼminlash, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash masalalari koʻrildi.

Jahon tan olgan universitet
“Plexanovka” universiteti BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarining “Sifatli taʼlim” nominatsiyasi boʻyicha jahonning 676 universiteti oʻrtasida 3-oʻrinni, Rossiya oliy taʼlim muassasalari orasida esa 1-oʻrinni egalladi.

Ziroat Mirziyoyeva 5 ming ayolga moddiy yordam beradi
Ziroat Mirziyoyeva raisligidagi fond oʻz faoliyatini 5 ming ayolga moddiy yordam berishdan boshladi. «Zamin» fondi faoliyati uzoq muddatli, strategik ahamiyatga ega va barqaror loyihalarga qaratilgan.

Shavkat Mirziyoyev Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga Yevropa Ittifoqi bozorlari uchun “GSP+” maqomini olish vazifasini yukladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 aprel kuni toʻqimachilik sanoati barqarorligini taʼminlash, pandemiyaning sohaga taʼsirini yumshatish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.

TBC Uzbekistan oʻz faoliyatini 2020 yilning iyun oyida boshlaydi
TBC Uzbekistan, TBC PLC banklar guruhining shuʼba kompaniyasi, bank amaliyotlarini joriy etish uchun litsenziyani qoʻlga kiritdi va oʻz faoliyatini 2020-yil iyun oyining boshidan boshlashni rejalashtirmoqda.

Pandemiyaning salbiy oqibatlariga qarshi kurashish uchun grantlar jalb qilinadi
“Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, byudjet, bazaviy infratuzilma va tadbirkorlik subʼyektlarini qoʻllab-quvvatlash uchun tashqi yordam mablagʻlarini jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.
