FVV Sardoba suv omboridan suv chiqishi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot berdi
Sardoba tumanidan 11598 nafar aholi evakuatsiya qilingan. Suv bosish xavfi boʻlgan “Quytosh”, “Ota yurt”, “Birlik” MFYlaridan ham aholini evakuatsiya qilish rejalashtirilmoqda. Voqea joyiga respublika hukumati rahbari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati hamda Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar boshqarmalari, Milliy gvardiya (MG) va boshqa tegishli tashkilotlar rahbarlari yetib borgan.

Joriy yilning 1 may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sardoba” suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgan. Natijada Sardoba tumani Qoʻrgʻontepa aholi yashash punktiga suv kirgan.

Sardoba suv omboridan suv chiqishi natijasida aholi evakuatsiya qilinmoqda
FVV matbuot xizmatining xabar qilishicha, suv toshishi oqibatida asosan ekin maydonlariga zarar yetgan.
"Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (FVB) va Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat quyi tizimiga (FVDT) kiruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda Sardoba tumani “Qoʻrgʻontepa” MFY suv omborining atrofidagi qator aholi yashash punktlari Mirzaobod tumaniga evakuatsiya qilindi. Xususan, "Qoʻrgʻontepa", "Doʻstlik", "Yurtdosh" MFYlardan jami 11598 nafar aholi shular jumlasidandir.
Bundan tashqari, suv bosish xavfi boʻlgan “Quytosh”, “Ota yurt”, “Birlik” MFYlaridan aholini evakuatsiya qilish rejalashtirilmoqda", deyiladi xabarda.
Voqea joyiga respublika hukumati rahbari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati hamda Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar boshqarmalari, Milliy gvardiya (MG) va boshqa tegishli tashkilotlar rahbarlari yetib borib, evakuatsiya tadbirlarini tashkillashtirish, favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirib bormoqdalar.

Sardoba suv ombori qoshida kichik GES qurilishi boshlandi
Mazkur tadbirlarga Sirdaryo viloyati FVBdan 430 nafar shaxsiy tarkib va 5 avtotexnika, Jizzax viloyati FVBdan nafar 120 shaxsiy tarkib, 6 ta avtotexnika, MVBRQMdan nafar 60 shaxsiy tarkib, 6 ta avtotexnika, MGdan nafar 276 shaxsiy tarkib, 43 avtotexnika hamda hududiy FVDT xizmatlari jalb etilgan.
Jabrlangan va halok boʻlganlar boʻyicha maʼlumot kelib tushmagan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

