Shavkat Mirziyoyev: Ota-onalar hamrohligida bolalarini sayr qildirishga ruxsat berish kerak
Shahar va tumanlardagi koʻp qavatli uylarning ichki hovli va hududlarida ota-onalar hamrohligida bolalarini sayr qildirishga ruxsat berish kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 aprel kuni pandemiya davrida aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlash va narx-navo barqarorligini saqlash masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazdi.

Yigʻilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev sanitariya-epidemiologiya holatining ijobiy dinamikasi, ob-havo sharoiti va fuqarolarning koʻplab murojaatlarini inobatga olgan holda, shahar va tumanlardagi koʻp qavatli uylarning ichki hovli va hududlarida ota-onalar hamrohligida bolalarini sayr qildirishga ruxsat berish kerakligi haqida taʼkidladi.
Bunda xavfsizlik choralariga qatʼiy rioya qilish talab etiladi.
Ushbu topshiriqning ijrosini taʼminlash chorasini koʻrish Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaga yuklatildi.
"Toshkent shahri bu borada namuna boʻlishi kerak", dedi Prezidentimiz.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

