| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi140 marta oʻqildi

Deputatlar Oʻzbekiston YeOIIga kuzatuvchi maqomida qoʻshilishiga ovoz berdi

Yigʻilishda ishtirok etgan jami 132 nafar deputatlardan 86 nafari tarafdor (yoqlab), 32 nafari qarshi, 14 nafari esa betaraf ovoz berishdi.

Deputatlar Oʻzbekiston YeOIIga kuzatuvchi maqomida qoʻshilishiga ovoz berdi

Bugun, 28 aprel kuni, Oʻzbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yakuniy qarori qabul qilindi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, "Yuksalish" umummilliy harakati raisi Akmal Burxonov oʻzining Telegramʼdagi kanalida maʼlum qildi.

YeOII bilan inetegratsiyalashuv jarayonlari parlament eʼtiborida

Qarorga koʻra, Oʻzbekistonning Ittifoqda "kuzatuvchi davlat" maqomida ishtirok etishi maqsadga muvofiq deb topildi.

Ushbu qaror boʻyicha yigʻilishda ishtirok etgan jami 132 nafar deputatlardan 86 nafari tarafdor (yoqlab), 32 nafari qarshi, 14 nafari esa betaraf ovoz berishdi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ