Shavkat Mirziyoyev tabiiy ofat oqibatlarini koʻzdan kechirish maqsadida Buxoroga joʻnab ketdi
Respublikamiz hududiga kirib kelgan kuchli shamol bir nechta viloyatlarning qishloq xoʻjaligi ekinlariga katta zarar yetkazgan. Shavkat Mirziyoyev zarur chora-tadbirlarni belgilash maqsadida Buxoroga viloyatiga tashrif buyuradi.

27 aprel kuni respublikamiz hududiga kirib kelgan kuchli shamol Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida aholi hayoti, infratuzilma tarmoqlari va qishloq xoʻjaligi ekinlariga katta zarar yetkazgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu tabiiy ofat oqibatlarini koʻzdan kechirish, zarur chora-tadbirlarni belgilash hamda aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilish maqsadida bugun Buxoro viloyatiga joʻnab ketdi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

