Shavkat Mirziyoyev Sardoba tumaniga yetib bordi
Sardoba suv ombori dambasidan suv chiqishi natijasida suv ombori yaqinidagi qishloqlar aholisi evakuatsiya qilinmoqda. Prezident holat bilan tanishish maqsadida Sardoba tumaniga tashrif buyurdi.

Bugun, 1 may kuni tongda Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori dambasidan suv chiqqan. Hozirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan tezkor chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Xususan, suv ombori yaqinidagi qishloqlar aholisi evakuatsiya qilinmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev zudlik bilan Sirdaryo viloyati Sardoba tumaniga yetib bordi.
Vaziyat toʻliq nazoratga olingan, sarosimaga tushishga asos yoʻq.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

