| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi446 marta oʻqildi

“Propiska” umuman isteʼmoldan chiqariladi, cheklovlar esa bekor boʻladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida deputatlar “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini birinchi oʻqishda qabul qildi

“Propiska” umuman isteʼmoldan chiqariladi, cheklovlar esa bekor boʻladi

Yalpi majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Majlisga Murojaatnomasida “propiska” masalasiga alohida toʻxtalib, uni adolatli hal etish zarurligini qayd etgani taʼkidlandi.

Toshkentdan uy sotib olish uchun propiska soʻralmaydi

Qonun loyihasi mavjud muammo va kamchiliklarni, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tartibga solinadigan qonun hujjatlaridagi boʻshliqlarni bartaraf etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Qayd etilganidek, eng avvalo, «propiska» soʻzi fuqarolar ongida «toʻsqinlik qiluvchi», «bir joyga bogʻlovchi», «erkinlikni cheklovchi» degan tushunchalar sifatida muhrlanib qolganligi munosabati bilan «doimiy propiska» soʻzlari «yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish» soʻzlariga almashtirilmoqda. Bu bejiz emas. Chunki hozirgi vaqtda rivojlangan davlatlarda aholi ichki migratsiyasida poytaxt va uning atrofidagi hududlarga nisbatan alohida talab va qoidalar hamda propiska instituti mavjud emas.

Bundan tashqari aholining talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda fuqarolarga nafaqat birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari yashab turgan manziliga, balki ularning egaligida boʻlgan uy-joy maydoniga ham doimiy roʻyxatga turish imkoniyati berilmoqda.

Toshkent shahriga doimiy propiskaga qoʻyish toʻgʻrisida qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda

Ayni paytning oʻzida er-xotinning nikohdan keyin bir yil davomida birgalikda yashash sharti va bir yil ichida nikoh bekor qilingan taqdirda “propiska”ni yoʻqotishiga doir qoidalar bekor qilinyapti. Qolaversa, er-xotinga ular nikohdan oʻtgan kunning oʻzida yashash joyi boʻyicha doimiy roʻyxatga qoʻyish huquqi berilmoqda.

Davlat hokimiyati organlarida, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida hamda boshqa davlat tashkilotlarida uzluksiz besh yil va undan ortiq boʻlgan davr mobaynida mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlar (texnik, xizmat koʻrsatuvchi va ishlab chiqarish xodimlaridan tashqari) tegishli organ yoki tashkilot rahbarining maʼlumotnomasiga koʻra, shuningdek, ularning oila aʼzolariga doimiy roʻyxatga turish boʻyicha yangi band kiritilmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ