Tramp AQShga immigratsiyani vaqtinchalik toʻxtatish toʻgʻrisidagi farmon chiqardi
Bu cheklovlar AQShda doimiy yashash huquqi - grin-kartani qoʻlga kiritishni xohlaydiganlar uchun amal qiladi.

AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirus pandemiyasi tufayli mamlakatda ish oʻrinlari defitsiti tufayli AQShga immigratsiyani vaqtinchalik toʻxtatish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.
"Amerikalik ajoyib mehnatkashlarni himoya qilish maqsadida Qoʻshma Shtatlarga immigratsiyani vaqtinchalik toʻxtatdim. Bu jamiyatning barcha qatlamidagi ishsiz amerikaliklar iqtisodimiz oʻsishni boshlashi bilan ish oʻrinlariga daʼvogarlar roʻyxatida birinchi boʻlishlarini kafolatlaydi. Biz shuningdek tibbiy resurslarimizni tejab qolamiz", degan Tramp matbuot-anjumani davomida.
Oq Uy xususan, koronavirusga qarshi kurashda yordami zarur boʻlgan shifokorlar va boshqa ishchilar uchun istisno qilinishini izohlab oʻtganlar.
Tramp maʼmuriyati bir qator ijtimoiy soʻrovlardan maʼlumotlar keltirishgan va ularda amerikaliklarning aksariyati mamlakatga immigratsiya vaqtinchalik cheklanishini qoʻllab-quvvatlashlarini, ommaviy immigratsiya bu xatar ekanligini bildirishgan.
Bunday farmonni imzolashi toʻgʻrisida Tramp kuni kecha maʼlum qilgan edi. Prezident soʻzlariga koʻra, bu cheklovlar AQShda doimiy yashash huquqi - grin-kartani qoʻlga kiritishni xohlaydiganlar uchun amal qiladi. Tramp immigratsiyani ikki oyga vaqtincha toʻxtatishini va muddat oʻtishi bilan, farmonning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirmaslik haqida qaror qabul qilishini aniqlashtirib oʻtgan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

