| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi1 432 marta oʻqildi

Alisher Usmonov koronavirusga qarshi dori topilsa, Oʻzbekistonga oʻzi pulini toʻlab olib kelmoqchi

Shavkat Mirziyoyev 3 mart kuni boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida Alisher Usmonovning Oʻzbekistonga koʻrsatayotgani yordami haqida toʻxtalib oʻtdi.

Alisher Usmonov koronavirusga qarshi dori topilsa, Oʻzbekistonga oʻzi pulini toʻlab olib kelmoqchi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 aprel kuni koronavirus tarqalishi va uning oqibatlariga qarshi kurash masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazdi. Yigʻilishda Prezident asli oʻzbekistonlik rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning Oʻzbekistonga koʻrsatayotgani yordami haqida toʻxtalib oʻtdi.

«Oʻzbekiston farzandi Alisher Burhonovich Usmonovga alohida rahmat demoqchiman. 20 million dollar pul oʻtkazib berdi. Yangi Oʻzbekistonga birinchi kundan boshlab juda katta koʻmak, yelkadosh, madadkor boʻlyapti. Shu kunlarda oʻzlari ham Oʻzbekistonda. Qaysi davlatda koronavirusga qarshi yangi dori topilsa, xalqim uchun oʻzim pulini toʻlab olib kelib beraman, deb aytyapti. Shunday yordamlari uchun xalqimiz nomidan alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman», dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyevning qoʻshimcha qilishicha, Navoiy viloyatidagi klasterlardan birining rahbari kuni kecha Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasiga 500 ming dollar naqd pul olib kelgan. «Mana shu xalqimga, oʻzbek xalqimga, deb. Mana qanday farzandlarimiz bor», dedi Oʻzbekiston Prezidenti.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ