Markaziy bank koronavirus pandemiyasi oqibatida tijorat banklari tomonidan kreditlarning toʻlov muddatlarini uzaytirish tartibi toʻgʻrisidagi axborot berdi
Karantin davri tugagandan soʻng belgilangan muddat ichida qoʻshimcha hujjatlarni qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilmagan taqdirda kredit shartnomasiga kiritilgan oʻzgarishlar kredit tashkiloti tomonidan bekor qilinishi va dastlabki shartnoma shartlari kuchga kirishi mumkin.

Koronavirus pandemiyasining aholi va tadbirkorlik subʼyektlarida kreditlarni qaytarish bilan bogʻliq salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida ularning kredit toʻlovlari muddatlarini uzaytirish yuzasidan murojaatlarini koʻrib chiqishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish boʻyicha kredit tashkilotlariga koʻrsatmalar berildi.
Bunda kredit tashkilotlariga aholi va tadbirkorlik subʼyektlari tomonidan kredit toʻlovlari muddatlarini uzaytirishda faqat murojaatnomani taqdim etish bilan cheklanib, murojaatnomada:
kredit toʻlovlarini uzaytirish yuzasidan asoslantirilgan izoh;
karantin davri yakunlangandan soʻng kredit tashkiloti tomonidan belgilangan muddat ichida kredit shartnomasiga kiritiladigan oʻzgartirishlarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirish yuzasidan qarzdorning majburiyati qayd etilishi lozim.
"Oʻz navbatida, karantin davri tugagandan soʻng belgilangan muddat ichida qoʻshimcha hujjatlarni qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilmagan taqdirda kredit shartnomasiga kiritilgan oʻzgarishlar kredit tashkiloti tomonidan bekor qilinishi va dastlabki shartnoma shartlari kuchga kirishini maʼlum qilamiz", deyiladi xabarda.
Bugungi kunda tijorat banklari tomonidan murojaatlarni masofaviy qabul qilish tizimlari yaratilmoqda. Ushbu masofaviy xizmatlar toʻgʻrisida banklarning veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali qoʻshimcha maʼlum qilinadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

