| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi222 marta oʻqildi

Qarorlar kambagʻallik darajasiga taʼsirini baholash nuqtai nazaridan ekspertizadan oʻtkaziladi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmlarini joriy etadi, kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha strategiya va dasturlarni ishlab chiqib, ularni amalga oshiradi.

Qarorlar kambagʻallik darajasiga taʼsirini baholash nuqtai nazaridan ekspertizadan oʻtkaziladi

“Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi etib qayta tashkil etildi hamda uning asosiy vazifalari belgilandi.

Jumladan, vazirlik iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmlarini joriy etadi, kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha strategiya va dasturlarni ishlab chiqib, ularni amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi.

2020 yil 1 oktyabrga qadar quyidagilar ishlab chiqiladi:

  • 2030 yilgacha Oʻzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi;

  • 2030 yilgacha Oʻzbekiston sanoatini rivojlantirish strategiyasi;

  • Kambagʻallikni kamaytirish dasturi;

  • 2021 yildan boshlab respublikaning barcha hududlarida minimal isteʼmol savati va yashash minumumi joriy etilishi yuzasidan qaror loyihasi.

Farmonga muvofiq:

  • tarmoqlar, sohalar va hududlarni rivojlantirish boʻyicha barcha oʻrta va uzoq muddatli konsepsiyalar, strategiyalar va dasturlar vazirlik bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladi;

  • qabul qilinadigan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar va qarorlar vazirlik tomonidan kambagʻallik darajasiga taʼsirini baholash nuqtai nazaridan ekspertizadan oʻtkaziladi;

  • raqobat va monopoliyaga qarshi kurashish, texnik reglamentlarni oʻrtanish, yer munosabatlarini tartibga solish, geologiya ishlari, davlat aktivlarini boshqarish, davlat-xususiy sheriklik mexanizmini takomillashtirish boʻyicha choralar va siyosatlarning oʻzaro muvofiqligini taʼminlashda vazirlik ishtirok etadi.

Farmon bilan shuningdek, Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi etib qayta tashkil etildi.

Vazirlik huzuridagi Urbanizatsiya agentligi tugatilib, uning funksiya va vazifalari vazirlikka oʻtkazildi.

Bundan tashqari, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi hamda Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish respublika markazi va uning hududiy filiallari vazirlikka oʻtkazilib, ularning negizida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tashkil etiladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ